Qidirish

10:28 / 2025-12-09 76 0 Jamiyat

Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

Sirdaryo viloyati hokimi qarori bilan Otabek Mavlonberdiyev yoshlar siyosati va ijtimoiy-ma’naviy yo‘nalishlar bo‘yicha hokim o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

world-news

Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning qaroriga muvofiq, Mavlonberdiyev Otabek Turabekovich viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Ma’lumot uchun, Otabek Mavlonberdiyev yangi lavozimga tayinlangunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Sirdaryo viloyati filiali rahbari sifatida faoliyat yuritib kelgan.

Izohlar 0

Fikr bildirish