So`ngi yangiliklar
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Davlat xizmatini boshqarishda yangi tizim: 33 ta hududda natijaga asoslangan model joriy etiladi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Toshkent-AERO” IBK joriy yil boshidan hozirga qadar 104 342 dona tamaki mahsulotini noqonuniy olib o‘tish holatini aniqladi, ulardan 20 tasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Joriy yil boshidan hozirga qadar “Toshkent-AERO” IBK tomonidan 376 ta holatda 104 342 dona tamaki mahsuloti, shu jumladan VELO, UBBS, elektron sigaretlar va boshqa turlari, noqonuniy olib o‘tilganligi aniqlandi. Shu holatlarning 20 tasi bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 186-moddasi hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 186-moddasi tamaki mahsulotini qonuniy cheklovsiz muomalaga kiritish uchun jinoiy mas’uliyat belgilanganligini nazarda tutadi. Agar tamaki mahsulotlari BHMning 100 barobaridan, ya’ni 41 200 000 so‘mdan ortiq bo‘lsa, jinoiy javobgarlik qo‘llaniladi.
O‘zbekistonda tamaki mahsulotlari savdosi va olib kirilishi qonunga muvofiq qat’iy nazorat qilinadi, aholiga esa salomatlikni asrab, “Tamakini emas, hayotni tanlang!” shiorida yashash tavsiya qilinadi.