So`ngi yangiliklar
Rishtonda yosh o‘quvchi kollejda zo‘ravonlar tomonidan kaltaklandi
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Rishtonda yosh o‘quvchi kollejda zo‘ravonlar tomonidan kaltaklandi
Jamoatchilik, ota-onalar va ma’muriyat bu voqeadan dars olishi va bir yosh yigitning og‘rig‘i orqali butun tizimni qayta ko‘rib chiqishi shart.

Farg‘ona viloyati Rishton tumanida sodir bo‘lgan fojia jamoatchilikni jiddiy o‘ylantirishi shart sanoat kollejining 1-kurs o‘quvchisi, 2009 yilda tug‘ilgan yigit, koridorda tasodifan turtinib ketgani uchungina to‘rt nafar 2-kurs o‘quvchilari tomonidan shafqatsiz kaltaklangan aytilmoqda.
Suratlarda yosh yigitning yuzidagi shish va qon ichidagi holati ko‘rinadi bu nafaqat bir oilaning, balki butun jamiyatning og‘rig‘i bo‘lishi kerak emasmi? kollej ichida shunchalik og‘ir zo‘ravonlik sodir bo‘lishi ma’muriyat nazorati va xavfsizlik tizimi umuman ishlamayotganidan dalolat emasmi
Yoshlarda zo‘ravonlik odatga aylanmoqda
Oddiy turtinib ketish bahonasi bilan bir yigitga to‘rt kishi jabr ko‘rsatishi tarbiya va ma’naviyat ishlari sustligini ko‘rsatadi.
Qonun ustuvorligi ta’minlanishi lozim aslida bu jinoyat hisoblanadi birgina aybdor topilib, qolganlari hanuz qo‘lga olinmagani surishtiruvning sekinligidan darak agar jazo qat’iy va tezkor bo‘lmasa, bunday holatlar yana takrorlanishini oldini olgan bo‘lmasmidi?
Bu hodisa oddiy kaltaklash emas balkim qonuni bila turib mensimaslik zo‘ravonlik,
bugungi kunda jamoatchilik mas’uliyati bilan kurasha tizimnig xatolarini taxlil tanqid qilsa o‘z o‘rnida Ota-onalar, ham ma’muriyat va huquq tartibot organlari birgalikda profilaktika ishlarini kuchaytirishi shart barchamiz befarq qolmasligi lozim.
Bu ta’lim muassasalarida xavfsizlik tizimi yo‘qligini yoshlar tarbiyasidagi kamchiliklar va qonun ustuvorligi ta’minlanmayotganining aniq ko‘zgusi emasmi?
Agar bugun qat’iy chora ko‘rilmasa, ertaga zo‘ravonlik yoshlar uchun oddiy urfga aylanishi mumkin buni kelajak uchun xavfi katta.
Jamoatchilik, ota-onalar va ma’muriyat bu voqeadan dars olishi va bir yosh yigitning og‘rig‘i orqali butun tizimni qayta ko‘rib chiqishi shart.



