So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Effect.uz sayti jamoasi Inatov Aziz Nuriddinovichni ushbu nufuzli mukofot bilan tabriklaydi hamda kelgusi faoliyatida yanada katta yutuqlar va muvaffaqiyatlar tilaydi.
Ilm-ma’rifat markazining 65-sonli buyrug‘iga muvofiq, kasbi yurist bo‘lgan Inatov Aziz Nuriddinovich mustaqil davlatlar hamdo‘stligi miqyosida tashkil etilgan nufuzli tanlov g‘oliblari qatoriga kirdi hamda “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan munosib taqdirlandi.
A.N. Inatov mazkur tanlovda jamiyatdagi dolzarb masalalarga bag‘ishlangan “Xokim kim?” nomli maqolasi bilan ishtirok etdi. Maqolada zamonaviy davlat boshqaruvida adolat, qonun ustuvorligi, ochiqlik va mas’uliyat kabi masalalar chuqur ilmiy-huquqiy tahlil qilingan. Muallifning fikrlari va yondashuvi tanlov komissiyasi tomonidan yuqori baholandi hamda ushbu nufuzli mukofotga loyiq deb topildi.
Inatov Aziz Nuriddinovichning mazkur yutug‘i uning ko‘p yillik mehnati, huquqshunoslik sohasidagi izlanishlari va jamiyat taraqqiyotiga qo‘shgan shaxsiy hissasining amaliy ifodasi hisoblanadi. Shu bilan birga, bu mukofot yurtimizda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, demokratik qadriyatlarni qaror toptirish va ma’rifatparvarlik g‘oyalarini ommalashtirish yo‘lidagi fidokorona sa’y-harakatlarga berilgan munosib baho sifatida ham alohida ahamiyatga egadir.
“Yuksak ehtirom” xalqaro ko‘krak nishoni — jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan, ilm-fan, huquq, ma’rifat va davlatchilik sohalarida samarali faoliyat olib borgan shaxslarni alohida e’tirof etish maqsadida taqdim etiladigan nufuzli mukofot hisoblanadi.