So`ngi yangiliklar
Hindistonda maymun chechagining yangi shtammi aniqlandi
Namanganda hokim yordamchisi va kadastr xodimi pora bilan qoʻlga olindi
5G, sunʼiy intellekt, superkompyuterlar — Mirziyoyev Oʻzbekistonning raqamli yoʻlini belgilab berdi
“Namangan toʻqimachi cluster” jarimaga tortildi
Dunyodagi eng qudratli dengiz shamol turbinasi o‘rnatildi
“Tash Building”, “Koʻprikqurilish” va“Azia Invest Favorit” — Soliq qarzlari yuqori boʻlgan qurilish kompaniyalari roʻyxati ochiqlandi
Non chiqindiga tashlanayotgan dunyoda — ochlikdan oʻlayotgan insoniyat
Tramp insoniyat tarixidagi eng muhim bayonotni eʼlon qilishni rejalashtirmoqda
Toshkentda Pahlavon Mahmud va Elbek ko‘chalarini bog‘lovchi yo‘l o‘tkazgich quriladi
Toshkentda 2026–2028 yillarda yo‘l-transport infratuzilmasini modernizatsiya qilishga qaratilgan yirik 4 bosqichli loyiha amalga oshiriladi. Loyiha doirasida Pahlavon Mahmud va Elbek ko‘chalarini bog‘lovchi yo‘l o‘tkazgich quriladi, asosiy yo‘llar ta’mirlanadi, avtobus yo‘laklari tashkil etiladi va transport harakati sezilarli yengillashtiriladi.
Toshkent shahrida 2026–2028 yillarda yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan 4 bosqichli yirik loyiha amalga oshiriladi. Bu haqda shahar matbuot xizmati xabar berdi. Loyiha asosiy maqsadlari – transport harakatini yengillashtirish, uzellardagi tirbandlikni kamaytirish va jamoat transporti uchun qulay sharoit yaratishdan iborat.
Bosqichlar bo‘yicha ishlar:
Birinch bosqich: Amir Temur shohko‘chasidan Mirobodgacha bo‘lgan Shahrisabz ko‘chasining 3 kilometri to‘liq ta’mirlanadi. Bu yerda avtobuslar uchun alohida yo‘lak tashkil qilinadi. Shuningdek, Amir Temur prospektining 11 kilometri va Yangi Sergeli ko‘chasining 5,5 kilometri modernizatsiya qilinadi. Jami 38 kilometr yo‘l ta’mirlanib, barchasida jamoat transporti yo‘laklari barpo etiladi.
Ikkinchi bosqich: 16 ta ko‘chaning 36 kilometri rekonstruksiyadan o‘tkaziladi. Eng muhim obyekt – Pahlavon Mahmud ko‘chasini Elbek ko‘chasiga ulaydigan yo‘l o‘tkazgich qurilishi bo‘lib, harakat oqimi sezilarli yengillashishi kutilmoqda.
Uchinchi bosqich: Yunusobod aylanmasi hududida yerosti avtomobil tunneli barpo etiladi. Shu bilan birga, to‘qqizta ko‘chaning 33 kilometri yangilanib, xavfsizlik to‘siqlari va piyodalar uchun sun’iy notekisliklar o‘rnatiladi.
To‘rtinchi bosqich: Kichik halqa avtomobil yo‘lining Ziyolilardan Shota Rustaveligacha bo‘lgan 19 kilometri to‘liq modernizatsiya qilinadi. Shuningdek, 15 ta ko‘chaning 50 kilometri rekonstruksiya qilinadi va avtobus yo‘laklari hamda xavfsizlik infratuzilmasi takomillashtiriladi.
Loyiha tugagach, shaharda transport harakati sezilarli yengillashadi, tirbandlik kamayadi va jamoat transporti uchun qulay sharoitlar yaratiladi.