So`ngi yangiliklar
Kredit kechikishi banklar uchun daromad manbaiga aylanib bormoqda — Markaziy bank
Gʻalaba choʻqqisida qolib ketgan rus alpinistining taqdiri nima boʻladi?
Trampdan keskin signal — Grenlandiya, Ukraina va Yevropa haqida ochiq bayonotlar
Hindistonda maymun chechagining yangi shtammi aniqlandi
Namanganda hokim yordamchisi va kadastr xodimi pora bilan qoʻlga olindi
5G, sunʼiy intellekt, superkompyuterlar — Mirziyoyev Oʻzbekistonning raqamli yoʻlini belgilab berdi
“Namangan toʻqimachi cluster” jarimaga tortildi
Dunyodagi eng qudratli dengiz shamol turbinasi o‘rnatildi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Yashnobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida sintetik giyohvandlik moddalarini tarqatish bilan shug‘ullangan ikki nafar talaba aniqlanib, ulardan katta miqdorda “Alfa PVP” musodara qilindi.
Ma’lum bo‘lishicha, mazkur shaxslar sintetik giyohvandlik moddalarini tanishlari orqali oldindan belgilangan geolokatsiyalardan olib, universitet yotoqxonasida dozalarga qadoqlagan holda boshqa manzillarga tarqatib kelgan.
Yashnobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir chog‘ida ikki nafar talaba xolislar ishtirokida tekshirilganda, ularning yonidan 120 gramm Alfa PVP sintetik giyohvandlik moddasi protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Tekshiruv davom ettirilib, 2007 yilda tug‘ilgan talabaning vaqtincha istiqomat qilayotgan universitet yotoqxonasidagi xonasi ko‘zdan kechirilganda, u yerda qo‘shimcha ravishda 400 gramm Alfa PVP sintetik giyohvandlik moddasi mavjudligi aniqlandi.
Shu tariqa, tezkor tadbirlar natijasida jami 520 gramm, ya’ni taxminan 2600 bir martalik dozaga teng bo‘lgan sintetik giyohvandlik moddalarining noqonuniy muomalasi oldi olindi.
Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchilarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismiga asosan 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazo chorasi qo‘llanilgan.
Ayni paytda giyohvandlik moddalari manbasini hamda ehtimoliy jinoiy sheriklarni aniqlash maqsadida tezkor-qidiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.