So`ngi yangiliklar
Kredit kechikishi banklar uchun daromad manbaiga aylanib bormoqda — Markaziy bank
Gʻalaba choʻqqisida qolib ketgan rus alpinistining taqdiri nima boʻladi?
Trampdan keskin signal — Grenlandiya, Ukraina va Yevropa haqida ochiq bayonotlar
Hindistonda maymun chechagining yangi shtammi aniqlandi
Namanganda hokim yordamchisi va kadastr xodimi pora bilan qoʻlga olindi
5G, sunʼiy intellekt, superkompyuterlar — Mirziyoyev Oʻzbekistonning raqamli yoʻlini belgilab berdi
“Namangan toʻqimachi cluster” jarimaga tortildi
Dunyodagi eng qudratli dengiz shamol turbinasi o‘rnatildi
Kredit kechikishi banklar uchun daromad manbaiga aylanib bormoqda — Markaziy bank
Markaziy bank oʻtkazgan oʻrganishlar ayrim banklarda kredit toʻlovi kechiktirilgan taqdirda qoʻllanilayotgan foiz, penya va jarimalar kredit qiymatiga mutanosib emasligini, bu esa qarz oluvchilar uchun haqiqiy moliyaviy oqibatlarni oldindan baholashni qiyinlashtirayotganini koʻrsatdi.
Markaziy bank kredit va mikroqarzlar boʻyicha toʻlovlar oʻz vaqtida amalga oshirilmagan holatlarda banklar tomonidan qoʻllanilayotgan chora va sanksiyalar amaliyotini oʻrganib, ayrim jiddiy muammolarni aniqladi.
Oʻrganish natijalariga koʻra, ayrim banklarda kechiktirilgan toʻlovlar uchun qoʻllanilayotgan moliyaviy sanksiyalar kreditning dastlabki qiymati yoki kreditorning haqiqiy xarajatlariga mutanosib emas.
Xususan, toʻlov muddati buzilgan taqdirda kechiktirilgan summaga hisoblanadigan foizlar shartnomada belgilangan yillik stavkaga nisbatan 1,5–3 barobarga oshirilib, ayrim holatlarda yillik 150–180 foizgacha yetayotgani qayd etildi.
Shuningdek, kredit boʻyicha foiz toʻlovi kechiktirilganda kunlik penya hisoblanishi, uning esa yuqori chegarasi belgilanmagani sabab yillik hisobda kredit summasidan bir necha barobar oshib ketishi holatlari aniqlangan. Bundan tashqari, har bir kechikish uchun kreditorning real xarajatlari bilan bogʻliq boʻlmagan bir martalik jarimalar ham qoʻllanilmoqda.
Markaziy bank ayrim hollarda oshirilgan foiz stavkasi, penya va bir martalik jarimalar bir vaqtning oʻzida qoʻllanilayotganini ham taʼkidladi.
Natijada, kechikish bilan bogʻliq umumiy qoʻshimcha xarajatlar kreditni oʻz vaqtida toʻlash qiymatidan bir necha barobar oshib, qarz oluvchi uchun ogʻir moliyaviy yuklama yuzaga keltirmoqda.
Markaziy bankka koʻra, bunday amaliyotlar kreditorlar uchun toʻlov kechikishining oldini olishdan koʻra, kechikishning oʻzi iqtisodiy jihatdan manfaatli boʻlgan modelni shakllantirmoqda.
Bu esa kredit shartlarining ochiqligi va shaffofligiga putur yetkazib, qarz oluvchilar tomonidan ehtimoliy moliyaviy oqibatlarni oldindan toʻliq baholash imkoniyatini cheklaydi.
Markaziy bank ushbu holatlar tomonlar manfaatlari muvozanatini buzib, ijtimoiy xatarlarning ortishiga, fuqarolar murojaatlarining koʻpayishiga va bank tizimiga boʻlgan ishonchning pasayishiga olib kelayotganini bildirdi.
Shu munosabat bilan Markaziy bank toʻlov kechikishi uchun qoʻllaniladigan sanksiyalar kompensatsion xarakterga ega boʻlishi lozimligini taʼkidlab, kechikishni mustaqil daromad manbaiga aylantiruvchi shartnoma shartlarini yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan holat deb hisoblashini maʼlum qildi.
Shuningdek, qarz oluvchilar uchun kredit shartnomalaridagi moliyaviy javobgarlik miqdorini aniq va oldindan bilish imkoniyatini taʼminlash maqsadida qonunchilik talablarini qayta koʻrib chiqish zarurligi qayd etildi.