So`ngi yangiliklar
Kredit kechikishi banklar uchun daromad manbaiga aylanib bormoqda — Markaziy bank
Gʻalaba choʻqqisida qolib ketgan rus alpinistining taqdiri nima boʻladi?
Trampdan keskin signal — Grenlandiya, Ukraina va Yevropa haqida ochiq bayonotlar
Hindistonda maymun chechagining yangi shtammi aniqlandi
Namanganda hokim yordamchisi va kadastr xodimi pora bilan qoʻlga olindi
5G, sunʼiy intellekt, superkompyuterlar — Mirziyoyev Oʻzbekistonning raqamli yoʻlini belgilab berdi
“Namangan toʻqimachi cluster” jarimaga tortildi
Dunyodagi eng qudratli dengiz shamol turbinasi o‘rnatildi
Gʻalaba choʻqqisida qolib ketgan rus alpinistining taqdiri nima boʻladi?
Gʻalaba choʻqqisida qolib ketgan alpinist Natalya Nagovitsinaning jasadini 2026-yil yoziga qadar topish mumkin emas.
Qirgʻizistondagi Gʻalaba choʻqqisida qolib ketgan rossiyalik alpinist Natalya Nagovitsinaning jasadini 2026-yil yoziga qadar topish imkoni boʻlmasligi mumkin.
Bu haqda Qirgʻiziston Alpinizm va toshga chiqish federatsiyasi prezidenti Eduard Kubatov RIA Novosti agentligiga maʼlum qildi.
Maʼlum qilinishicha, Nagovitsina 2025-yil 12-avgust kuni Tyan-Shan togʻ tizmasidagi eng baland nuqta — Gʻalaba choʻqqisidan (dengiz sathidan taxminan 7,2 ming metr balandlikda) tushish vaqtida oyogʻidan jarohat olgan.
Uni bir necha bor boshqa alpinistlar qutqarishga uringan, biroq ogʻir ob-havo sharoiti sababli buning iloji boʻlmagan. Qutqaruv harakatlari chogʻida alpinistlardan biri halok boʻlgan.
Nagovitsina ushbu balandlikda uxlash qopi hamda oz miqdorda oziq-ovqat va suv bilan qolib ketgan. 25-avgust kuni uni qutqarish boʻyicha rasmiy harakatlar toʻxtatilgan, Qirgʻiziston Favqulodda vaziyatlar vazirligi esa uni bedarak yoʻqolgan deb eʼlon qilgan.
Qonunchilikka koʻra, uni halok boʻlgan deb tan olish faqat kimdir uning vafot etganini shaxsan tasdiqlaganidan keyingina mumkin boʻladi.
Nagovitsina boʻyicha yakuniy maqomni aniqlash mumkin boʻlgan eng yaqin muddat — 2026-yil iyul yoki avgust oylari boʻlib, bu davrda Gʻalaba choʻqqisida yuqori mavsum boshlanadi, - deydi Kubatov.
Federatsiya rahbarining taʼkidlashicha, Gʻalaba choʻqqisiga qishki chiqishlar alpinizmda eng yuqori darajadagi, oʻta qiyin sinov hisoblanadi.
Uning aytishicha, qishki “Qorli bars” dasturini, jumladan, Gʻalaba choʻqqisiga qishki chiqishni muvaffaqiyatli amalga oshirgan alpinistlar soni juda kam — bor-yoʻgʻi uch nafarni tashkil etadi. Eron va boshqa Osiyo davlatlari tomonidan qilingan ayrim urinishlar esa muvaffaqiyatsiz yakunlangan.