So`ngi yangiliklar
Hindistonda maymun chechagining yangi shtammi aniqlandi
Namanganda hokim yordamchisi va kadastr xodimi pora bilan qoʻlga olindi
5G, sunʼiy intellekt, superkompyuterlar — Mirziyoyev Oʻzbekistonning raqamli yoʻlini belgilab berdi
“Namangan toʻqimachi cluster” jarimaga tortildi
Dunyodagi eng qudratli dengiz shamol turbinasi o‘rnatildi
“Tash Building”, “Koʻprikqurilish” va“Azia Invest Favorit” — Soliq qarzlari yuqori boʻlgan qurilish kompaniyalari roʻyxati ochiqlandi
Non chiqindiga tashlanayotgan dunyoda — ochlikdan oʻlayotgan insoniyat
Tramp insoniyat tarixidagi eng muhim bayonotni eʼlon qilishni rejalashtirmoqda
Maxsus reyd. Toshkentda ekologiyaga katta xavf tugʻdirgan zavod boshqa hududga ko'chiriladi
Koʻrilgan choralar natijasida atmosferaga qariyb 226,7 tonna ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishining oldi olinib, bu Toshkent shahrining Yangihayot tumanida havo sifati sezilarli darajada yaxshilanishiga xizmat qiladi.
Prezidentning ekologiya masalalari boʻyicha maslahatchisi Aziz Abduhakimov boshchiligidagi Maxsus komissiya havoning ifloslanishini kamaytirish maqsadida sanoat korxonalarida ekologik reydlar davom etmoqda.
Navbatdagi reydlar 13-yanvar kuni Toshkent shahrining Yangihayot va Sergeli tumanlaridagi sanoat zonalarida oʻtkazildi. Reyd tadbirida birinchi boʻlib, Sergeli tumanida V. L. Galparin nomidagi Toshkent quvur zavodi faoliyati tekshirilgan.
Mazkur zavod payvandlangan quvurlar ishlab chiqaradi hamda atrof-muhitga yuqori darajada taʼsir koʻrsatuvchi korxonalar toifasiga kiradi.

Yangihayot tumanidagi Janubiy sanoat zonasida “Oʻzvtorsvetmet” AJ korxonasi faoliyati ham tekshirildi. Ushbu korxona ekologik xavfi yuqori boʻlgan obyektlar sirasiga kiradi.
Avvalroq, 2025-yil oktyabr oyida bu yerda tekshiruv oʻtkazilib, uning yakunlariga koʻra majburiy koʻrsatma berilgan.
Maxsus komissiya qarori hamda Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi tomonidan berilgan koʻrsatmaga muvofiq, zavod boshqa hududga koʻchirilmoqda hamda Yangihayot tumanida ishlab chiqarish faoliyatini toʻxtatmoqda.
Eskirgan va ekologik jihatdan zararli eritish pechlari utilizatsiya qilinadi, korxona esa boshqa hududda texnologik jihatdan yanada takomillashgan uskunalarda oʻz faoliyatini davom ettiradi.

Koʻrilgan choralar natijasida atmosferaga qariyb 226,7 tonna ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishining oldi olinib, bu Toshkent shahrining Yangihayot tumanida havo sifati sezilarli darajada yaxshilanishiga xizmat qiladi.
Shuningdek, Janubiy sanoat zonasida “Ikkilamchi qora metallar” korxonasining Toshkent filiali faoliyati ham tekshirildi. Mazkur korxona metallolomni saralash va presslash bilan shugʻullanadi hamda atrof-muhitga oʻrtacha darajada taʼsir koʻrsatuvchi obyektlar qatoriga kiradi.

Tekshiruvlar yakuniga koʻra barcha korxonalarga ekologik meʼyorlarga qatʼiy rioya etish boʻyicha qatʼiy koʻrsatmalar berilgan.