So`ngi yangiliklar
Hindistonda maymun chechagining yangi shtammi aniqlandi
Namanganda hokim yordamchisi va kadastr xodimi pora bilan qoʻlga olindi
5G, sunʼiy intellekt, superkompyuterlar — Mirziyoyev Oʻzbekistonning raqamli yoʻlini belgilab berdi
“Namangan toʻqimachi cluster” jarimaga tortildi
Dunyodagi eng qudratli dengiz shamol turbinasi o‘rnatildi
“Tash Building”, “Koʻprikqurilish” va“Azia Invest Favorit” — Soliq qarzlari yuqori boʻlgan qurilish kompaniyalari roʻyxati ochiqlandi
Non chiqindiga tashlanayotgan dunyoda — ochlikdan oʻlayotgan insoniyat
Tramp insoniyat tarixidagi eng muhim bayonotni eʼlon qilishni rejalashtirmoqda
DXX “Choco-Pie” va “Pankie” shirinliklari ichiga narkotik moddalarini yashirgan jinoiy guruhni qoʻlga oldi
Toshkent shahrida oʻtkazilgan reydda 4 nafar shaxsdan iborat jinoiy guruh faoliyati toʻxtatildi. Ular maktab yaqinida tayyorlangan shirinliklarga yashirilgan narkotik moddalarni tarqatishga uringani aniqlandi.
DXX Toshkent viloyati boshqarmasi va viloyat bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda joriy yilning 7-yanvar kuni reyd tadbirlari oʻtkazildi.
Reyd tadbirlari davomida, Andijon viloyatida yashovchi 4 nafar shaxslardan iborat jinoiy guruh faoliyatiga chek qoʻyilgan.
Ushbu guruh yashab turgan ijaraga olingan xonadondan, tarqatish maqsadida tayyorlangan 688 gr. va ularning telefon qurilmalaridan 284 ta yashirin manzilga koʻmilgan 284 gr. “gashish” tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Eng achinarlisi, qayd etilgan manzillarning koʻpchiligi poytaxtning turli maktablari yaqinida joylashgan. Narkotik moddalar “Choco-Pie”, “Pankie” va shunga oʻxshash shirinliklar ichiga yashirilgan va maktab oʻquvchilari ushbu narkotiklarni tasodifan topib olishi uchun ochiq hududlarda qoldirilgan.

Hozirda, aniqlangan holat boʻyicha yuqorida keltirilgan shaxslarga nisbatan («qamoq« ehtiyot chorasi qoʻllanilgan) Oʻzbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.