Qidirish

11:22 / 2026-01-16 367 0 Hodisalar

Fargʻonada 14 yoshli qiz bilyardxonada zoʻrlandi. 4 nafar gumonlanuvchilar qoʻlga olingan

Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tumanida 9-yanvar kuni voyaga yetmagan qizga nisbatan jinsiy zoʻravonlik sodir etildi. Hodisa yuzasidan toʻrt nafar gumonlanuvchi qamoqqa olindi.

world-news

9-yanvar kuni Uchkoʻprik tumani, Kenagas qishlogʻida oʻzi Buyrak qishlogʻida yashovchi voyaga yetmagan qizni toʻrt yigit navbat bilan zoʻrlashgan. Ular qizni oldindan ijaraga olingan, Kenagas qishlogʻida joylashgan bilyardxonada jinsiy zoʻravonlik sodir etganlar.

Yigitlarning uch nafari Kenagas qishlogʻidan, yana biri esa Bogʻdod tumanining Qoʻshtegirmon qishlogʻidan ekani aniqlangan.

Tergov maʼlumotlariga koʻra, yigitlardan biri “Lacetti” rusumli avtomashinada qizni bilyardxonaga olib kelgan. Qizni taniganlar uning ruhiy sogʻligida muayyan muammolar mavjudligini taʼkidlamoqda.

Voqeadan soʻng qizning onasi tuman Ichki ishlar boʻlimiga murojaat qilgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan dastlab jami yetti nafar shaxs ushlangan. Ulardan toʻrt nafariga nisbatan ehtiyot chora sifatida qamoqqa olish chorasi qoʻllanilgan, qolgan uch nafar shaxs esa qoʻyib yuborilgan.

Qoʻlga olingan shaxslar 2002-yilda tugʻilgan boʻlib, ulardan biri oilali va ikki nafar farzandga ega ekani maʼlum qilinmoqda.

Izohlar 0

Fikr bildirish