Qidirish

17:45 / 2026-01-14 326 0 Hodisalar

Tailandda poyezd va qurilish krani toʻqnashdi. Qurbonlar bor

Tailandda yoʻlovchi poyezdi qurilish krani bilan toʻqnashishi oqibatida 27 kishi halok boʻldi, 79 kishi turli darajada jarohat oldi. Hodisa Nakxonratchasima provinsiyasidagi Sikxio tumanida relsga tushib qolgan qurilish kraniga poyezd urishishi natijasida sodir boʻldi va qutqaruv ishlari hali ham davom etmoqda.

world-news

Tailandda yoʻlovchi poyezdi qurilish krani bilan toʻqnashishi oqibatida 27 kishi halok boʻldi, 79 kishi turli darajada jarohat oldi. Bu haqda chorshanba kuni Thai PBS telekanali xabar berdi.

Xabarga koʻra, mahalliy vaqt bilan soat 09:05 (Toshkent vaqti bilan 07:05)da Bangkokdan Ubon Ratchatxaniga yoʻl olayotgan yoʻlovchi poyezdi Sikxio tumanidagi Nakxonratchasima provinsiyasida yuqori tezlikli temir yoʻl estakadasi qurilishi vaqtida relsga tushib qolgan qurilish kraniga toʻqnashgan. Hodisa natijasida poyezd relsdan chiqib ketib, bir nechta vagonlar yonib ketdi.

Telekanal maʼlumotiga koʻra, halok boʻlganlar soni 27 kishiga yetdi, 79 kishi turli darajada jarohat olgan, ularning yoshi 1 dan 85-yilgacha.

Hozirda qutqaruv ishlari hali ham davom etmoqda: barcha yoʻlovchilar ikkala vagondan olib chiqilmagan va baʼzilarini qutqaruv texnikalari yordamida kesib olish lozim boʻlmoqda.

Jarohatlanganlar Nakxonratchasima provinsiyasidagi shifoxonalarga yotqizilmoqda. Ulardan 8 kishi ogʻir ahvolda, qolganlari oʻrtacha va yengil jarohat olgan.

Qayd etilishicha, poyezdda umumiy 189 nafar yoʻlovchi boʻlgan, ulardan 70 nafari hech qanday jarohat olmagan va uylariga qaytgan.

Izohlar 0

Fikr bildirish