So`ngi yangiliklar
Kredit kechikishi banklar uchun daromad manbaiga aylanib bormoqda — Markaziy bank
Gʻalaba choʻqqisida qolib ketgan rus alpinistining taqdiri nima boʻladi?
Trampdan keskin signal — Grenlandiya, Ukraina va Yevropa haqida ochiq bayonotlar
Hindistonda maymun chechagining yangi shtammi aniqlandi
Namanganda hokim yordamchisi va kadastr xodimi pora bilan qoʻlga olindi
5G, sunʼiy intellekt, superkompyuterlar — Mirziyoyev Oʻzbekistonning raqamli yoʻlini belgilab berdi
“Namangan toʻqimachi cluster” jarimaga tortildi
Dunyodagi eng qudratli dengiz shamol turbinasi o‘rnatildi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Aktobe viloyatida “Perm–Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi avtobusi ariqqa ag‘darilib, 49 yo‘lovchidan 5 nafari halok bo‘ldi. Ular orasida 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi ham bor.
Bugun, 7 dekabr kuni soat 08:57 da Qozog‘istonning Aktobe viloyati Aytekebi tumanidan o‘tgan “Yutong” yo‘lovchi avtobusi yon tomonga ariqqa ag‘darildi. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida avtobusda bo‘lgan 49 nafar yo‘lovchidan 5 nafari vafot etdi, ular orasida 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi ham bor.
O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi mas’ul vazirlik va idoralar bilan birgalikda ishchi guruh tuzdi. Hodisa oqibatida vafot etganlarni Vatanga olib kelish va oila a’zolariga dafn marosimlarini o‘tkazishda barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.
Shuningdek, vazirlik xodimlari qozog‘istonlik hamkasblari bilan doimiy aloqada bo‘lib, hodisaning kelib chiqish sabablarini o‘rganish yuzasidan hamkorlik olib borishmoqda.