So`ngi yangiliklar
Kredit kechikishi banklar uchun daromad manbaiga aylanib bormoqda — Markaziy bank
Gʻalaba choʻqqisida qolib ketgan rus alpinistining taqdiri nima boʻladi?
Trampdan keskin signal — Grenlandiya, Ukraina va Yevropa haqida ochiq bayonotlar
Hindistonda maymun chechagining yangi shtammi aniqlandi
Namanganda hokim yordamchisi va kadastr xodimi pora bilan qoʻlga olindi
5G, sunʼiy intellekt, superkompyuterlar — Mirziyoyev Oʻzbekistonning raqamli yoʻlini belgilab berdi
“Namangan toʻqimachi cluster” jarimaga tortildi
Dunyodagi eng qudratli dengiz shamol turbinasi o‘rnatildi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Joriy yil 5-dekabr kuni Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekistonda 42 ta yangi energetika quvvati foydalanishga topshirildi va 21 ta yangi loyihaning qurilishi boshlandi. Ular orasida Navoiy viloyatida quyosh energiyasi asosida 300 MVtlik fotoelektr stansiyasi va 75 MVtlik energiya saqlash tizimini barpo qilish loyihasi ham bor.
2025 yilning 5 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yangi energetika quvvatlarini ishga tushirish va navbatdagilarini qurishga bag‘ishlangan tantanali marosimda ishtirok etdi. Marosim doirasida mamlakat miqyosida 42 ta yangi energetika quvvati foydalanishga topshirildi va 21 ta yangi loyihaning qurilishi boshlandi.
Hisobga olingan loyihalar orasida Navoiy viloyatida qurilayotgan va quvvati 300 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi hamda 75 MVtlik elektr energiyasini saqlash tizimi loyihasi bor. Ular hozirda Navoiy Clean Energy Technology MCHJ tomonidan, Xitoyning SINOMA kompaniyasi investorligida amalga oshirilmoqda. Loyiha qiymati 260 million AQSH dollarini tashkil etadi.
Qurilish Karmana tumanidagi 522 gektar yer maydonida boshlandi. Loyihalash va qurilish-montaj ishlari Xitoy Xalq Respublikasi va mahalliy kompaniyalar tomonidan olib borilmoqda.
Loyiha to‘liq ishga tushganidan so‘ng — 2026 yilga rejalashtirilgan — 25 ta doimiy ish o‘rni yaratiladi. Shu bilan birga, yillik hajmda 650 million kVt·soat “yashil” elektr energiyasi ishlab chiqarilishi kutilmoqda, bu 270 ming xonadonning bir yillik iste’molini qoplaydi. Bu loyiha natijasida 196 million kub metr tabiiy gaz tejaladi va 273 ming tonna zararli moddalar atmosferaga chiqarilishi oldi olinadi.
Loyihani rasman boshlash marosimida viloyat hokimi Normat Tursunov rahbarligidagi mas’ullar ham qatnashdi.