So`ngi yangiliklar
Hindistonda maymun chechagining yangi shtammi aniqlandi
Namanganda hokim yordamchisi va kadastr xodimi pora bilan qoʻlga olindi
5G, sunʼiy intellekt, superkompyuterlar — Mirziyoyev Oʻzbekistonning raqamli yoʻlini belgilab berdi
“Namangan toʻqimachi cluster” jarimaga tortildi
Dunyodagi eng qudratli dengiz shamol turbinasi o‘rnatildi
“Tash Building”, “Koʻprikqurilish” va“Azia Invest Favorit” — Soliq qarzlari yuqori boʻlgan qurilish kompaniyalari roʻyxati ochiqlandi
Non chiqindiga tashlanayotgan dunyoda — ochlikdan oʻlayotgan insoniyat
Tramp insoniyat tarixidagi eng muhim bayonotni eʼlon qilishni rejalashtirmoqda
Bulung‘urda qariyb 500 tup daraxt noqonuniy kesib tashlandi
Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida Oqtepa kanali hududida eroziyaga qarshi ekilgan yuzlab daraxtlar noqonuniy kesib tashlanib, tabiatga 2 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilgani aniqlandi.
Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumani Kildon mahallasi hududida, Oqtepa kanali ichi va qirg‘oq bo‘ylab eroziyaga qarshi ekilgan 498 tup turli daraxtning noqonuniy ravishda kesib tashlangani aniqlandi. Kesilgan daraxtlar orasida 327 ta terak, 161 ta tol, 5 ta tut, 3 ta jiyda va 2 ta yong‘oq daraxti bor.
Holat moratoriy talablariga zid ekani qayd etildi va natijada tabiatga 2 mlrd 220 mln 62 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.
Ekologiya milliy qo‘mitasi tomonidan holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish maqsadida Bosh prokuraturaga yuborildi.