Qidirish

23:03 / 2025-12-01 300 0 Jamiyat

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentda ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha maxsus komissiya hisobotini tingladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1 dekabr kuni Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash va chiqindilarni qayta ishlash masalalari bo‘yicha maxsus komissiya hisobotini tingladi. Yig‘ilishda qish mavsumiga tayyorgarlik va yongin xavfsizligi masalalari ham muhokama qilindi.

world-news

Yig‘ilishda Toshkentdagi havo ifloslanishini kamaytirish va manbalarini nazorat qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Suv va havo ta’minoti, shahar ko‘chalari namlanishi, ariqlar va favvoralarni tozalash, reidlar va profilaktika ishlarini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Mamlakatda 6 ta hududda chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihalari boshlangan, ammo boshqa hududlarda ham shunga o‘xshash sa’y-harakatlarni jadallashtirish zarurligi qayd etildi. 2030-yilga qadar maishiy chiqindi poligonlarini 50 foizga qisqartirish maqsad qilingan.

Shuningdek, poligonlar atrofida “yashil belbog‘”lar yaratish, daraxt va ko‘chat ekish, hamda ularni ekologik xavfsiz hududlarga aylantirish ishlari rejalashtirildi. 2026 yildan bu ishlarni moliyalashtirish uchun respublika budjetidan har yili kamida 150 milliard so‘m ajratilishi belgilandi.

Yig‘ilishda yongin xavfsizligi va kommunal xizmatlar ishini muvofiqlashtirish masalalari ham ko‘rib chiqildi. 44 mingdan ortiq ko‘p qavatli binolarda yongin xavfsizligi holati tekshirilishi, favqulodda vaziyatlarga tayyorlik tizimi takomillashtirilishi va barcha kommunal xizmatlar FVV dispetcherlik tizimiga bog‘lanishi topshirildi.

Izohlar 0

Fikr bildirish