So`ngi yangiliklar
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Saida Mirziyoyeva Xitoy Xalqaro kommunikatsiya markazi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi
Konstitutsiya — farovon hayotimiz va taraqqiyotimiz kafolati
Toshkentda tarvuzdan zaharlanish holatlari koʻpaydimi?
Mazkur holat yuzasidan “Sanepidqoʻmita” Toshkent shahar boshqarmasi munosabat bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtimizda tarvuzdan zaharlanish holatlari koʻpayib borayotgani mazmunidagi xabar keng tarqaldi.
Unda aytilishicha, hozirgi kunda poytaxtimiz aholisi oʻrtasida tarvuzdan zaharlanish holatlari ketma-ket qayd etilayotgani boʻyicha yuqumli kasalliklar shifoxonasidan tezkor xabarnomalar kelib tushmagan.
“Sanepidqoʻmita” tarmoqlarda tarqalayotgan shu mazmundagi xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmasligini maʼlum qildi.
“Tekshiruvdan oʻtmagan holda yoʻl yoqalarida sotilayotgan poliz mahsulotlarini xarid qilmasligingiz, faqatgina ishonchli va ruxsat etilgan savdo nuqtalarida, toʻgʻri sharoitda sotilayotgan mahsulotlarni isteʼmol qilishingizni eslatib oʻtamiz”, — deyiladi qoʻmita munosabatida.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq, poytaxtdagi 4-son shahar yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasida 4 yoshli bola tarvuzdan zaharlanib vafot etgandi. Oʻrganishlar natijasida ushbu oilaning 3 nafar farzandida uyda tarvuz isteʼmol qilgandan soʻng ketma-ket qayt qilish, ich ketish, tana harorati koʻtarilishi belgilari kuzatilgan.