So`ngi yangiliklar
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
Oʻzboshimcha fuqarolar sabab jamiyat va davlat manfaatlariga 460 million soʻmdan ortiq zarar yetkazildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chust tumani boʻlimi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlar davomida fuqarolar M.T. va F.X. oʻzlariga tegishli binolarda tijorat maqsadida elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib olganligi fosh qilingan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, fuqarolar ushbu noqonuniy harakatlari natijasida jami 148,4 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari maʼlum boʻlgan.
Shu kabi yana bir holat departamentning Rishton tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ham aniqlangan.
Unda “N.L.” MCHJ rahbari Z.M. ishlab chiqarish binosidagi isitish qozonini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulab olgan. Natijada 186 million soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani fosh boʻlgan.
Bundan tashqari, departamentning Buvayda tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “Sh.Z.” fermer xoʻjaligi rahbari R.B. elektr tarmogʻiga va “S.F.” oilaviy korxonasi rahbari I.A. (muqaddam sudlangan) umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmogʻiga tijorat maqsadida oʻzboshimchalik bilan ulanib, jami 126,1 million soʻmlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalangan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.



