So`ngi yangiliklar
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Saida Mirziyoyeva Xitoy Xalqaro kommunikatsiya markazi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi
Konstitutsiya — farovon hayotimiz va taraqqiyotimiz kafolati
Fermer xoʻjaliklari 64,1 mlrd soʻmlik elektr energiyasini talon-toroj qildi
Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar qildi.
Joriy yilning oʻtgan davrida fermer va dehqon xoʻjaliklari tomonidan elektr oʻgʻirlash bilan bogʻliq 246 ta holat kuzatilgan.
Maʼlum boʻlishicha, sugʻorish mavsumida fermer xoʻjaliklari 246 ta holatda suv nasoslaridan noqonuniy foydalangan va 64,1 milliard soʻmlik elektr tokidan noqonuniy foydalangan.
Joriy yilning 15-iyul sanasida berilgan maʼlumotlarda, shu turdagi 179 ta qonunbuzarlik holatida 33,5 milliard soʻmlik elektr toki oʻgʻirlangani maʼlum qilingan. Bu soʻnggi 40 kunda 30,6 milliard soʻmlik elektr talon-toroj qilingan degani.
“Elektr va gaz tarmoqlariga tijorat maqsadlarida oʻzboshimchalik bilan ulanish yoxud hisobga olish asboblariga tashqaridan aralashish yoʻli bilan qonunga zid ravishda foydalanish holatlari uchun qonunchilikda belgilangan qatʼiy choralar koʻrilishini unutmang”, deyiladi inspeksiya xabarida.