So`ngi yangiliklar
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Saida Mirziyoyeva Xitoy Xalqaro kommunikatsiya markazi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi
Konstitutsiya — farovon hayotimiz va taraqqiyotimiz kafolati
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Bu haqda Moskva meri Sergey Sobyanin “Komsomolskoy pravde”ga bergan intervyusida maʼlum qildi.
Rossiya poytaxti Moskva shahrida joriy yilning 1-sentyabridan migrantlar uchun koronavirus pandemiyasi davrida ishlagan “Ijtimoiy monitoring” tizimiga oʻxshash dastur ish boshlaydi.
Bildirilishicha, Moskva hokimiyati migrantlarni nazorat qilish uchun “Moskva hududida bir qator tajribalar oʻtkazishga ruxsat olgan”. Merning eslatishicha, barcha aeroportlarda migrantlarga nisbatan biometrik nazorat joriy qilingan. Shuningdek, Moskvada migrantning barcha maʼlumotlari kiritiladigan elektron karta joriy qilinmoqda.
“QR-kod orqali politsiyachi uning haqidagi hamma narsani bilishi mumkin – qachon kelgan, qancha muddatga, qayerda ishlayapti, migratsiya qoidabuzarligi bormi yoki yoʻq. Agar qizil chiroq yonib tursa, qoidabuzarlik bor, demak, politsiyachi uni ushlashi kerak. Agar yashil boʻlsa, savol yoʻq”,— deydi mer.
Noqonuniy mehnat migrantlariga qarshi kurash haqida gapirar ekan, Sobyanin “mehnat migratsiyasiga qarshi kurash, ayniqsa, “maxsus harbiy operatsiya” sharoitida, juda yomon hikoya” ekanini qayd etgan. Uning soʻzlariga koʻra, bugun mamlakatda ish beruvchilar 5 millionga yaqin ishchini topa olmayapti.
Shuningdek, Sobyanin “soʻnggi 10-yil ichida migrantlarning deyarli barcha turdagi jinoyatlari qariyb uchdan birga kamayganini” ham maʼlum qilgan.