Qidirish

13:08 / 2025-08-29 960 15 Hodisalar

Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…

Farg‘ona dehqon bozorida har kunlik manzara o‘zgarmayapti — narx-navo o‘sha-o‘sha.

world-news

Xalq umid bilan bozorga chiqsa-da, narxlarda sezilarli arzonlashish ko‘zga tashlanmaydi. Savol tug‘iladi: Prezidentning narxlarni barqarorlashtirish haqidagi topshiriqlari kim uchun bajarilyapti? Prezident uchun hisobotmi yoki xalq uchun amaliy natijami?

Prezident topshiriqlari va amaliy natija

Davlat rahbari necha bor mas’ul idoralarga narx-navo ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish, bozorlarda barqarorlikni ta’minlash vazifasini yuklatgan. Ammo haqiqatda xalq narxning tushganini his qilmayapti.

Bu holat Konstitutsiyaning 44-moddasida belgilangan: “Har bir fuqaro davlat organlari va mansabdor shaxslardan ularning qonunga zid harakatlari ustidan shikoyat qilish huquqiga эга.”

Agar narxlar tushmasa va nazoratsizlik avj olsa — xalqning shikoyat qilish huquqi ishga solinishi lozim.

Mahalliy mahsulot — qimmat bozor

Asosiy mahsulotlar — pomidor, bodring, go‘sht, un va boshqalarning katta qismi mahalliy. Demak, importga bog‘liqlik kam. Ammo narxlar pasaymayapti.

Bu yerda “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 4-moddasi ishlaydi: “Tovar bozorida narxlarni sun’iy ravishda belgilash, kelishib olish, monopol holatdan foydalanish тақиқланади.”

Agar vositachilar dehqondan arzon olib, xalqqa qimmat sotsa — bu qonun buzilishi hisoblanadi.

Raqamlar tilga kirganda

Farg‘ona viloyatida o‘rtacha oylik maosh — 3,5–4 mln so‘m.

Bozorda 1 kg go‘sht — 100-120 ming so‘m, 1 kg kartoshka — 8–10 ming so‘m, 1 kg pomidor — 8–10 ming so‘m, 1 kg sabzi 5-8 ming
so‘m, 1 kg piyoz 4-8 ming
so‘m, 1 kg tuxum 900-1200 ming so‘m.

Bir oila oyiga kamida 2,5–3 mln so‘mni faqat ovqatga sarflaydi.

Konstitutsiyaning 39-moddasi shunday deydi: “Har bir shaxs ijtimoiy ta’minot huquqiga эга.”
Agar odam maoshining yarmidan ko‘pini faqat ovqatga sarflasa — bu ijtimoiy ta’minot masalasi ham samarali ishlamayapti degani.

Iste’molchilar huquqi

“Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 5-moddasi: “Iste’molchilar xavfsiz, sifatli va ularning imkoniyatiga mos mahsulot sotib olish huquqiga эга.”

Agar bozorda mahsulotlar xalqning daromadiga mutanosib bo‘lmasa — demak, qonun buzilyapti.

Xalq ovozi

“Dehqondan arzon kelgan kartoshkani bozorda ikki baravar qimmat sotishad. Bu kimning manfaati uchun?” — deydi bozor xaridori A’zam aka.

“Har kuni narxlar tusharmidi deb kelamiz. Ammo narx tushmaydi, aksincha, ko‘tariladi. Bizga arzonchilik televizor orqali emas, oshxonada kerak”, — deb shikoyat qiladi 

“Prezident narxlarni nazorat qilish haqida ko‘p aytadi. Lekin biz oddiy odamlar undan foyda ko‘rmayapmiz. Demak, topshiriqlar qog‘ozda qolyapti”, — deydi taksi haydovchisi Sardor.

Xulosa

Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo masalasi butun mamlakatdagi iqtisodiy adolatning ko‘zgusi hisoblanadi. Agar nazorat organlari qonun talablarini bajarmasa, xalq huquqlari poymol bo‘ladi.

Savol ochiq qolmoqda: narx-navo haqiqatdan xalq uchun barqarorlanyaptimi yoki faqat Prezidentga hisobot uchunmi?

Batafsil tafsilotlar tez orada e’lon qilinadi.

Izohlar 0

Fikr bildirish