Qidirish

14:35 / 2025-09-14 1788 0 Hodisalar

O‘zbekistonda yangi hafta salqin va yomg‘irli ob-havo bilan boshlanadi

Yangi haftaning birinchi kuni O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida ob-havo salqinroq bo‘lib, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi va shamol kuchayishi kutilmoqda.

world-news

O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, dushanba kuni mamlakatda havo harorati pasayadi, ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

Toshkent shahrida kun uzoq qisman bulutli bo‘ladi. Kechqurun qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 3–8 m/s tezlikda esadi, ayrim vaqtlarda 10–12 m/s gacha kuchayishi ehtimol qilinmoqda. Harorat kechasi 17–19°, kunduzi 27–29° atrofida bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida ob-havo o‘zgaruvchan, ba’zi joylarda yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatiladi. Shamol 7–12 m/s, ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10–15°, kunduzi 20–25° bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kutilmoqda. Shamol 7–12 m/s, ba’zan 13–18 m/s gacha kuchayib, chang-to‘zon ko‘tarilishi mumkin. Harorat kechasi 15–20°, kunduzi 25–30° bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida kechga yaqin yomg‘ir yog‘ishi ehtimoldan xoli emas. Shamol 7–12 m/s, ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayib, chang ko‘tarilishi mumkin. Harorat kechasi 15–20°, kunduzi 25–30°.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ob-havo asosan yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Shamol 7–12 m/s, ayrim hududlarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15–20°, kunduzi 30–35°.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida (Andijon, Namangan, Farg‘ona) yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s, ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15–20°, kunduzi 25–30°.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir kutilmoqda. Shamol 7–12 m/s, ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10–15°, kunduzi 18–23° bo‘ladi.

Izohlar 0

Fikr bildirish