So`ngi yangiliklar
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Saida Mirziyoyeva Xitoy Xalqaro kommunikatsiya markazi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi
Konstitutsiya — farovon hayotimiz va taraqqiyotimiz kafolati
Ilon Mask odamlar miyasiga chip oʻrnatishni boshladi
Odamlar ustida klinik sinovlarni boshlash huquqini uzoq vaqtdan beri izlab kelgan “Neuralink” kompaniyasi joriy yil bemorning miyasiga chip oʻrnatish operatsiyasini muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirdi. Bu haqda Ilon Mask X (“Twitter”)dagi sahifasida maʼlum qildi.
Maskning maʼlum qilishicha, birinchi natijalar muvaffaqiyatli oʻtgan, chunki implant allaqachon bemor neyronlarining faolligini qayd eta olgan.
«Tasavvur qilinga, agarda bu chiplar Stiven Xokingga oʻrnatilganda, u tajribali mashinist matn terishidan yoki auksionerning soʻzlarini talaffuz qilishidan koʻra tezroq muloqot qila olardi», - deb misol keltirdi kompaniya rahbari.
Telephaty deb ataladigan chip implanti odamga smartfon yoki kompyuterni yoki boshqa qurilmani miya bilan boshqarishga imkon beradi.
Bundan tashqari “Neuralink” kompaniyasi bemorlarning bionik protezlar yoki ekzoskeletlarni samarali boshqarishi va ideal holatda oʻz oyoq-qoʻllarini harakatga keltira boshlashi uchun inson miyasi va kompyuter oʻrtasidagi interfeysni sozlashga va kelajakda bunday operatsiyalarni robotlar orqali amalga oshirishni umid qilmoqda.
Qayd etish kerak, sinovning oldingi bosqichlarida Neuralink maymunlar miyasiga chip oʻrnatish operatsiyasini amalga oshirgan.
Natijada chip oʻrnatilgan makaka kompyuter displeyida miya signallari orqali stol tennisi oʻynagan.