So`ngi yangiliklar
Laziz Kudratov Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy missiyasi direktori Kanokpan Lao-Araya bilan uchrashdi
AQSH va Ukraina yer osti boyliklari boʻyicha kelishuvga erishdi
Navoiyliklar nimadan norozi?
Samarqandlik ota-bolaga IIB xodimlari nega kuch ishlatdi?
Yaxshidan bogʻ, yomondan dogʻ qoladi…
“Vaʼda boshqa, amal boshqa. Mamlakatda jurnalistika, blogosfera butkul oʻlimtik ahvolga keltirildi” – Ilyos Safarov
Vijdon erkinligi...
Xorazmda fuqarolarga soxta diplom olib bergan shaxs ushlandi
Namangan Hindiston bilan AyTi sohada hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalasida kelishuvga erishdi
Namangan viloyati delegatsiyasi Hindistonning Dehli shahrida boʻlib, mamlakatning yetakchi AyTi kompaniyalari, shu sohadagi oliy taʼlim masʼullari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Taʼkidlanishicha, Oʻzbekistonning Hindistondagi elchisi Aziz Baratov ishtirokidagi uchrashuvda oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha dastlabki kelishuvga erishilgan.
Namangan viloyati hokimining raqamlashtirish boʻyicha maslahatchisi Baxtiyor Axunbabayev elchi bilan onlayn muloqotda boʻlib, AyTi yoʻnalishda Hindiston ishtirokida Namanganda oliy taʼlim dargohi tashkil etish boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar rejasini muhokama qilgan.
Dehlining Kiber Siti tumanida dunyoning 20 dan ortiq kompaniyalari oʻz filiallarini ochgan boʻlib, elchixona yordamida Oʻzbekistondan AyTi xizmatlar eksportini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishib olingan.
Taʼkidlash joiz, Hindiston bu yoʻnalishda dunyoda yetakchilardan hisoblanadi. Oʻzaro hamkorlik esa har ikki tomon uchun manfaat keltiradi.
- Chennayda joylashgan IIT Madras instituti malakali muhandis, raqamli texnologiyalar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Shuningdek, Hindustan University bilan ham shu yoʻnalishda hamkorlik qilish, Oʻzbekistonda oliy taʼlim dargohi tashkil etish boʻyicha elchixona tomonidan amaliy ishlar boshlangan. Keyingi bosqich ularni Namanganga taklif etish, - deydi konsul Muhammad Toʻxtanazarov.
Delegatsiya, tarkibida Hindistonga kelgan SoftPlus kompaniyasi rahbari Xayrulla Meliboyev Chandigarh shahrida boʻlib, dunyoning 22 davlatidan kelgan mutaxassislar ishtirokidagi forumda qatnashib, yangi loyihalar bilan yurtga qaytishni rejalashtirgan.




Izohlar 1
