Qidirish

11:17 / 2023-06-18 2059 0 Texno

Oʻzbekistonda “rastamojka” toʻgʻrisida yangi qaror imzolandi: Endi inomarkalar narxi oʻzgaradimi?

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Aholining yengil avtotransport vositalariga boʻlgan ehtiyojini qondirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorni qabul qildi.

world-news

Unga koʻra, aholini hamyonbop yengil avtotransport vositalari bilan taʼminlash maqsadida 2026-yil 1-yanvarga qadar, Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasini kesib oʻtish vaqtida ishlab chiqarilganiga bir yildan oshmagan yangi yengil avtotransport vositalarini (TIF TN kodlari 8703 21 10, 8703 22 10 va 8703 31 10) olib kirishda bojxona bojlarining quyidagi stavkalari qoʻllaniladi:

➖ dvigatel silindrlarining ish hajmi 1 000 sm kubdan oshmaydigan yangi yengil avtotransport vositalari uchun - nol stavkasi (amalda – 15 foiz + 0,4 AQSH doll/kub sm);

➖ dvigatel silindrlarining ish hajmi 1 200 sm kubdan oshmaydigan yangi yengil avtotransport vositalari uchun - 5 foizli stavkasi (amalda – 15 foiz + 0,6 AQSH doll/kub sm).

Natijada dvigatel hajmi 1 000 sm kubgacha boʻlgan avtomobillar uchun bojxona toʻlovlarining jami miqdori amaldagi 39–43 foizdan 19–23 foizgacha, dvigatel hajmi 1 000–1 200 sm kub boʻlgan avtomobillar uchun esa 44–52 foizdan 30–36 foizgacha kamayadi.

Yangi qaror narxga qanday taʼsir qiladi?

Prezident qarori asosida dvigatel hajmi 1200 sm kubgacha boʻlgan avtomobillar uchun bojxona stavkalari keskin kamaytirilgani, 1000 sm kubgacha boʻlganlariga esa 0 foizga tushirilgani narxlarga qanday taʼsir qiladi? Keling, buni aniq misollar bilan koʻrib chiqamiz.

1 000 sm kub hajmli avtomobil uchun

Ushbu toifaga kiruvchi bozor narxi 10 ming AQSH dollari boʻlgan avtomobilni misol sifatida olamiz. Bunda quyidagi majburiy toʻlovlar mavjud:

Bojxona boji

Avval: 1 900 AQSH dollari (15 foiz + 0,4 AQSH doll/kub sm).

Hozir: 0 AQSH dollari (0 foizga tushirildi).

Farq: 1 900 AQSH dollar

QQS (12%)

Avval: 1 428 dollar (bojxona boji qoʻshilgach hisoblangan)

Hozir: 1 200 dollar

Farq: 228 dollar

Utilizatsiya yigʻimi (bazaviy stavkaning 30 baravari)

Taxminan 846 dollar (9 mln 900 ming soʻm)

Bojxona yigʻimi (0,2%)

Taxminan 20 dollar

YAKUNIY NARX:

Avval: 14 ming 194 dollar

Hozir: 12 ming 066 dollar

Farq: 2 ming 128 dollar

Demak, dvigatel hajmi 1 000 sm kubgacha, narxi 10 ming AQSH dollari boʻlgan avtomobil uchun toʻlanadigan majburiy toʻlovlar taxminan 2 ming 128 AQSH dollariga arzonlaydi. Ushbu hisob-kitoblarda logistika narxi hisobga olinmagan.

Izohlar 0

Fikr bildirish