So`ngi yangiliklar
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
Toshkentda ilk bor sun’iy intellekt yordamida yaratilgan o‘yinlar taqdim etildi
19 oktyabr kuni Toshkentda "GameDev Gyote va GeForce RTXʼdagi Adobe Cloudʼning yangi xususiyatlari" nomli ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rgazmada iste’dodli dasturchilar va dizaynerlar tomonidan ishlab chiqilgan ko‘plab noodatiy o‘yinlar namoyish etildi.
Sarguzasht, kvestlar va hatto ta’lim haqidagi o‘yinlarning deyarli barchasi sun’iy intellekt yordamida yaratilgan.
Bugungi kunda sun’iy intellekt yosh dasturchilarga ko‘plab muammolarni hal qilishga yordam bera oladi. Avvalo, bir qator loyihalarda chinakam reallikni yaratish uchun AIdan foydalanilgan. Bu orqali foydalanuvchilar o‘yin qahramonlariga og‘zaki savollar berishi, AI esa qahramonlar tuzilmasi va xarakteridan kelib chiqib ularga javob berish imkoniga ega.
Ikkinchidan, yosh dasturchilar sun’iy intellektdan ovozli aktyorlik, spritlar va teksturalar kabi o‘yin aktivlarini yaratish, shuningdek, animatsiyalarni tayyorlash maqsadida foydalandilar. NVIDIA GeForce RTX grafik kartalari ko‘plab loyihalarda qo‘llanilgan bo‘lib, ular yuqori sifatli grafik animatsiyalarni amalga oshirishga yordam beradi.
Tadbir so‘ngida 5 xil nominatsiya bo‘yicha g‘olib jamoalarga sovrinli GeForce RTX video kartalarining topshirilishi bo‘ldi.
“GameDev Goethe 2024” ko‘rgazmasida O‘zbekistonda o‘yin industriyasini rivojlantirish uchun bunday tadbirlar muhimligi ta’kidlandi. NVIDIA kabi yetakchi global kompaniyalarning qo‘llab-quvvatlashi yosh dasturchilarga eng yangi texnologiya va bilimlardan foydalanish hamda xalqaro miqyosga olib chiqishga yordam beradi va yosh avlodni o‘z loyihalarini yaratishga ilhomlantirdi.
Hakamlar hay’atining fikricha, bu yilgi loyihalari har qachongidan ham qiziqarliroq bo‘ldi.



