So`ngi yangiliklar
Hindistonda maymun chechagining yangi shtammi aniqlandi
Namanganda hokim yordamchisi va kadastr xodimi pora bilan qoʻlga olindi
5G, sunʼiy intellekt, superkompyuterlar — Mirziyoyev Oʻzbekistonning raqamli yoʻlini belgilab berdi
“Namangan toʻqimachi cluster” jarimaga tortildi
Dunyodagi eng qudratli dengiz shamol turbinasi o‘rnatildi
“Tash Building”, “Koʻprikqurilish” va“Azia Invest Favorit” — Soliq qarzlari yuqori boʻlgan qurilish kompaniyalari roʻyxati ochiqlandi
Non chiqindiga tashlanayotgan dunyoda — ochlikdan oʻlayotgan insoniyat
Tramp insoniyat tarixidagi eng muhim bayonotni eʼlon qilishni rejalashtirmoqda
Oyda tun — yarim million dollarga yaqin: insoniyat aqldan ozdimi?
AQSHning “GRU Space” xususiy aerokosmik kompaniyasi 2032-yilga qadar Oyda dunyodagi ilk mehmonxonani qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniyaning rasmiy veb-saytida maʼlum qilindi.
Maʼlumotlarga koʻra, “GRU Space” dastlab 2029-yildan boshlab Oy yuzasida muayyan hududni oʻrganish va kelajakda mehmonxona joylashtirish uchun tayyorlash ishlarini olib boradi.
Birinchi bosqichda mehmonxona shishiriladigan konstruksiya shaklida boʻlishi rejalashtirilgan boʻlib, u yerda tayyorlanadi va keyin oyga olib chiqiladi. Ushbu inshootda toʻrt nafar odamni bir necha kun davomida joylashtirish uchun zarur sharoitlar yaratiladi.
Kompaniya bayonotida taʼkidlanishicha, birinchi mehmonxona Oy yuzasida kamida 10-yil davomida taʼmirsiz faoliyat yuritishi mumkin boʻlgan tarzda loyihalashtiriladi.

“GRU Space” keyingi bosqichda robotlashtirilgan texnologiyalar yordamida shishiriladigan elementlar atrofida yanada mustahkam tashqi konstruksiya barpo etishni rejalashtirmoqda. Bu jarayonda mahalliy resurslardan, jumladan, Oy tuprogʻidan foydalanish koʻzda tutilgan.

Ikkinchi bosqichda, mehmonxona binolari San-Fransiskodagi Noyob sanʼat saroyi (Palace of Fine Arts) arxitekturasi uslubidan ilhomlanadi va unda 10 nafargacha mehmonni qabul qilish imkoni yaratiladi.

Birinchi bosqichdagi mehmonxonada bir kechalik yashash qiymati 416 ming dollardan ortiq boʻladi.
Ikkinchi bosqichda esa mehmonlar bir kecha uchun 83 ming dollardan ortiq mablagʻ toʻlashlari kutilmoqda.
Bundan tashqari, GRU Space Oyda “birinchi amerikalik baza”ni tashkil etish rejalarini ham ochiqladi. Ushbu baza omborlar, yoʻllar va boshqa jismoniy infratuzilmani oʻz ichiga oladi.
Kompaniya, shuningdek, Marsda ham infratuzilma yaratish niyatida ekanini maʼlum qilgan, biroq Qizil sayyoraga ilk raketa uchirishlar 2030-yillardan oldin amalga oshirilishi ehtimoli past.
Qayd etilishicha, “GRU Space” Oydagi mehmonxona uchun xonalarni oldindan bron qilish imkoniyatini ham taqdim etmoqda.