So`ngi yangiliklar
Hindistonda maymun chechagining yangi shtammi aniqlandi
Namanganda hokim yordamchisi va kadastr xodimi pora bilan qoʻlga olindi
5G, sunʼiy intellekt, superkompyuterlar — Mirziyoyev Oʻzbekistonning raqamli yoʻlini belgilab berdi
“Namangan toʻqimachi cluster” jarimaga tortildi
Dunyodagi eng qudratli dengiz shamol turbinasi o‘rnatildi
“Tash Building”, “Koʻprikqurilish” va“Azia Invest Favorit” — Soliq qarzlari yuqori boʻlgan qurilish kompaniyalari roʻyxati ochiqlandi
Non chiqindiga tashlanayotgan dunyoda — ochlikdan oʻlayotgan insoniyat
Tramp insoniyat tarixidagi eng muhim bayonotni eʼlon qilishni rejalashtirmoqda
Tibbiyotda inqilob. Oʻzbek olimlari aqlli gidrogelni yaratdi
Gidrogel faqat yaralarni yopish bilan cheklanmay, ularning shifolanish jarayonini nazorat qiladi va tibbiy amaliyotda yangi imkoniyatlar yaratadi.
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti olimlari xalqaro hamkorlar bilan birgalikda infeksiyalangan yaralarni davolashga qaratilgan yangi avlod koʻp funksiyali gidrogel yara bogʻlamasini ishlab chiqdilar. Ushbu ilmiy ish natijalari “Chemical Engineering Journal” nufuzli jurnalida chop etildi.
Maʼlum qilinishicha, ishlab chiqilgan gidrogel yuqori yopishuvchan, choʻziluvchan, antioksidant va antibakterial xususiyatlarga ega boʻlib, infeksiyalangan yaralarni samarali yopish va tez bitishini taʼminlaydi.

Gidrogel polivinil spirt, midiya musini, temir ionlari va artemizinin asosida olingan boʻlib, ikki tarmoqli (double-network) tuzilishi tufayli yuqori mexanik barqarorlik va toʻqimalarga kuchli yopishish qobiliyatini namoyon etgan.
Eksperimental natijalarga koʻra, mazkur gidrogel:
— bakteriyalarga qarshi samarali taʼsir koʻrsatadi;
— yalligʻlanishni kamaytiradi;
— oksidlovchi stressni pasaytiradi;
— oʻsish omillari ekspressiyasini oshiradi.
Natijada infeksiyalangan yaralarda teri toʻqimalarining tiklanishi sezilarli darajada tezlashgan.
Ushbu tadqiqot infeksiyalangan yaralarni davolashda anʼanaviy bogʻlamalarga nisbatan samarali va istiqbolli yechim sifatida baholanmoqda.