So`ngi yangiliklar
Hindistonda maymun chechagining yangi shtammi aniqlandi
Namanganda hokim yordamchisi va kadastr xodimi pora bilan qoʻlga olindi
5G, sunʼiy intellekt, superkompyuterlar — Mirziyoyev Oʻzbekistonning raqamli yoʻlini belgilab berdi
“Namangan toʻqimachi cluster” jarimaga tortildi
Dunyodagi eng qudratli dengiz shamol turbinasi o‘rnatildi
“Tash Building”, “Koʻprikqurilish” va“Azia Invest Favorit” — Soliq qarzlari yuqori boʻlgan qurilish kompaniyalari roʻyxati ochiqlandi
Non chiqindiga tashlanayotgan dunyoda — ochlikdan oʻlayotgan insoniyat
Tramp insoniyat tarixidagi eng muhim bayonotni eʼlon qilishni rejalashtirmoqda
Navoiyda 300 MVt quvvatli elektr energiyasini saqlash tizimi quriladi
Navoiy viloyatida quvvati 300 MVt (600 MVt soat) bo‘lgan elektr energiyasini saqlash tizimi qurish bo‘yicha investitsiya loyihasi amalga oshiriladi. Prezidentning PQ–379-son qarori (17.12.2025 y.) loyihani amalga oshirish chora-tadbirlarini belgilab beradi.
Navoiydagi ushbu loyihani amalga oshirish uchun Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda BAAning “Abu Dhabi Future Energy Company PJSC — Masdar” kompaniyasi (Investor) o‘rtasida shartnoma imzolangan. Investor o‘z huquq va majburiyatlaridan Loyiha kompaniyasi foydasiga voz kechadi.
Loyiha kompaniyasi elektr energiyasini saqlash tizimini foydalanishga kafolatlangan holda tayyorlash, elektr uzatish tarmoqlari va podstansiya qurish, qurilmalarni yagona elektr tarmog‘iga ulash va ishga tushirilgandan so‘ng “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga topshirish majburiyatini oladi.
Loyiha kompaniyasining ushbu qurilish xarajatlari elektr energiyasi tarifi tarkibida hisobga olinadi. Loyiha amalga oshirilganda aholi va iqtisodiyot tarmoqlari barqaror va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlanadi hamda Navoiy viloyatining energetik salohiyati yanada rivojlanadi.