So`ngi yangiliklar
Hindistonda maymun chechagining yangi shtammi aniqlandi
Namanganda hokim yordamchisi va kadastr xodimi pora bilan qoʻlga olindi
5G, sunʼiy intellekt, superkompyuterlar — Mirziyoyev Oʻzbekistonning raqamli yoʻlini belgilab berdi
“Namangan toʻqimachi cluster” jarimaga tortildi
Dunyodagi eng qudratli dengiz shamol turbinasi o‘rnatildi
“Tash Building”, “Koʻprikqurilish” va“Azia Invest Favorit” — Soliq qarzlari yuqori boʻlgan qurilish kompaniyalari roʻyxati ochiqlandi
Non chiqindiga tashlanayotgan dunyoda — ochlikdan oʻlayotgan insoniyat
Tramp insoniyat tarixidagi eng muhim bayonotni eʼlon qilishni rejalashtirmoqda
Saida Mirziyoyeva Xitoy Xalqaro kommunikatsiya markazi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi
Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Xitoy Xalqaro kommunikatsiya markazi raisi Long Yuysyan bilan uchrashib, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklikni chuqurlashtirish, ta’lim, fan, madaniyat va turizm sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Xitoy Xalqaro kommunikatsiya markazi raisi Long Yuysyan bilan uchrashdi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Xitoy Xalqaro kommunikatsiya markazining ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashda, turli sohalarda qo‘shma tashabbus va loyihalarni ilgari surishdagi o‘rni qayd etildi.
Tomonlar ta’lim, fan, madaniyat va turizm yo‘nalishlaridagi hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashinuvini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.
Uchrashuv yakunida yaqin muloqotni davom ettirish va qo‘shma tashabbuslarni muvofiqlashtirib borish zarurligi ta’kidlandi.