So`ngi yangiliklar
Hindistonda maymun chechagining yangi shtammi aniqlandi
Namanganda hokim yordamchisi va kadastr xodimi pora bilan qoʻlga olindi
5G, sunʼiy intellekt, superkompyuterlar — Mirziyoyev Oʻzbekistonning raqamli yoʻlini belgilab berdi
“Namangan toʻqimachi cluster” jarimaga tortildi
Dunyodagi eng qudratli dengiz shamol turbinasi o‘rnatildi
“Tash Building”, “Koʻprikqurilish” va“Azia Invest Favorit” — Soliq qarzlari yuqori boʻlgan qurilish kompaniyalari roʻyxati ochiqlandi
Non chiqindiga tashlanayotgan dunyoda — ochlikdan oʻlayotgan insoniyat
Tramp insoniyat tarixidagi eng muhim bayonotni eʼlon qilishni rejalashtirmoqda
Konstitutsiya — farovon hayotimiz va taraqqiyotimiz kafolati
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Navoiy viloyatida keng ko‘lamli ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda. Shu jumladan, Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida tashkil etilgan tantanali marosimda viloyat hokimi Normat Tursunov, nuroniylar, xotin-qizlar va yoshlar, huquqshunos hamda siyosatshunos olimlar, ilm-fan namoyandalari va ijodkor ziyolilar ishtirok etdi.
Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan tantanali tadbir O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi yangrashi bilan boshlandi.
Marosim davomida Konstitutsiyaning mamlakat taraqqiyoti va xalq farovonligini ta’minlashdagi o‘rni alohida qayd etildi. Tadbirda birdamlik, bag‘rikenglik, Vatanga muhabbat va sadoqat g‘oyalari ulug‘landi.
Bayram tadbiri Vatan va ona yurtni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar bilan davom etdi.
Ayni paytda Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbirlar Navoiy viloyatining barcha shahar va tumanlarida izchil davom etmoqda.