So`ngi yangiliklar
Hindistonda maymun chechagining yangi shtammi aniqlandi
Namanganda hokim yordamchisi va kadastr xodimi pora bilan qoʻlga olindi
5G, sunʼiy intellekt, superkompyuterlar — Mirziyoyev Oʻzbekistonning raqamli yoʻlini belgilab berdi
“Namangan toʻqimachi cluster” jarimaga tortildi
Dunyodagi eng qudratli dengiz shamol turbinasi o‘rnatildi
“Tash Building”, “Koʻprikqurilish” va“Azia Invest Favorit” — Soliq qarzlari yuqori boʻlgan qurilish kompaniyalari roʻyxati ochiqlandi
Non chiqindiga tashlanayotgan dunyoda — ochlikdan oʻlayotgan insoniyat
Tramp insoniyat tarixidagi eng muhim bayonotni eʼlon qilishni rejalashtirmoqda
Qashqadaryoda uch kunlik chaqalogʻini sotmoqchi boʻlgan ayol qamaldi
Qashqadaryo viloyatida uch kunlik chaqalogʻini 60 million soʻmga sotmoqchi boʻlgan ayolga nisbatan sud hukmi oʻqildi.
Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi. Lavhada maʼlum qilinishicha, Qamashi tumanida yashovchi ayol oʻzining qiz chaqalogʻini Qarshi shahrida yashovchi ikki nafar ayolga sotishga kelishgan. Buning evaziga u 60 mln soʻm talab qilgan.
Ayol 50 mln soʻm va 800 dollarni olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qoʻlga olingan.
Qayd etilishicha, Jinoyat ishlari boʻyicha Muborak tumani sudi hukmi bilan u 2-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. Chaqaloq esa Kitob tumanidagi viloyat bolalar uyiga topshirilishi belgilangan.