So`ngi yangiliklar
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
Oʻzbekistonda yakka tartibdagi tadbirkorlarning 40 foizi ayollar ekani maʼlum boʻldi

Oʻzbekiston xotin-qizlar bandligini taʼminlash va tadbirkorligini rivojlantirishdagi tajribasi xalqaro maydonda ommalashtiriladi, deya xabar bermoqda Senat matbuot xizmati.
Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi tomonidan ayollarni qoʻllab-quvvatlash masalalari yuzasidan onlayn shakldagi video muloqoti boʻlib oʻtdi. Unda manfaatdor vazirlik va idoralar, jumladan Bandlik va mehnat munosabatlari, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirliklari, Savdo-sanoat palatasi, Biznes Ombudsman, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Davlat xizmatlari agentligi, Yoshlar ishlari agentligi, Markaziy bank, Hunarmand uyushmasi, “Tadbirkor ayol” ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi masʼul xodimlari ishtirok etdi.
Maʼlumki, ishbilarmon, tadbirkor ayollar mamlakat taraqqiyotida iqtisodiy oʻsishni taʼminlash, ish oʻrinlari yaratish, innovatsiyalarni ragʻbatlantirishda muhim rol oʻynaydi. Shu bois, mamlakatimizda ham ayollarning barcha jabhalarda faolligini oshirishga qaratilgan siyosat amalga oshirilishi natijasida tashabbuskor, intiluvchan, gʻayratli, yuqori malakali mutaxassis va tadbirkor xotin-qizlar soni tobora ortib bormoqda.
Muloqotda qayd etilganidek, soʻnggi uch yilda iqtisodiy faol ayollar soni 10 foizga oshdi. Davlat tashkilotlarida ishlayotganlarning 42,7 foizini ayollar tashkil etmoqda. Mamlakatimizda xotin-qizlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha olib borilayotgan tizimli islohotlar hamda koʻrsatilayotgan eʼtibor natijasida ular tomonidan 130 mingga yaqin tadbirkorlik subyekti samarali boshqarib kelinmoqda. Yakka tartibdagi tadbirkorlarning qariyb 40 foizi xotin-qizlardan iborat.
Shu oʻrinda taʼkidlash lozimki, 2021-yilning 13-15-oktyabr kunlari Oliy Majlis Senati Raisi T.Narbayeva boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi Sankt-Peterburg shahrida boʻlib oʻtgan uchinchi Yevroosiyo ayollar forumida ishtirok etgan edi. Unda bildirilgan takliflar va kelishuvlarni tatbiq etish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi yuzasidan “Yoʻl xaritasi” tasdiqlanib, unga koʻra Oʻzbekistonning xotin-qizlar bandligini taʼminlash va tadbirkorligini rivojlantirish boʻyicha tajribasini xalqaro keng targʻib etish hamda bu borada taqdimot tayyorlash vazifasi yuklatilgan edi.
Shunga muvofiq muhokamalar davomida ushbu taqdimot materiallarini tayyorlash yuzasidan masʼullarga soʻnggi 3 yil davomida mamlakatimizda xotin-qizlar bandligini taʼminlash va tadbirkorligini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar, ilgʻor tajribalar haqida maʼlumotlarni umumlashtirish, tahlil etish va belgilangan muddatlarda ishchi guruhga taqdim etish vazifasi topshirildi.
Shu oʻrinda, Oʻzbekistonning xotin-qizlar bandligini taʼminlash va tadbirkorligini rivojlantirish borasida takliflaringiz boʻlsa, Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasiga yuborishingiz mumkin.



