So`ngi yangiliklar
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Saida Mirziyoyeva Xitoy Xalqaro kommunikatsiya markazi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi
Konstitutsiya — farovon hayotimiz va taraqqiyotimiz kafolati
Bulung‘urda qariyb 500 tup daraxt noqonuniy kesib tashlandi
Toshkentda Pahlavon Mahmud va Elbek ko‘chalarini bog‘lovchi yo‘l o‘tkazgich quriladi
Turizm qoʻmitasi Turkiya bilan yangi kelishuvlarga erishdi
Turizm qoʻmitasi raisi Umid Shodiyev va Turkiya madaniyat va turizm vazirligi vakillari oʻrtasida videokonferensiya orqali uchrashuv oʻtkazdi.
Tadbirda bu davlatda turizm sohasida ilgʻor tadqiqotlarni amalga oshirib kelayotgan Kappadokiya universiteti rektori ham ishtirok etgan.
Muzokaralar davomida 28-29-avgust kunlari Oʻzbekistonga tashrif bilan boʻlgan Turkiya madaniyat va turizm vaziri M.Ersoy bilan turizm sohasida erishilgan qator kelishuvlarning bugungi kundagi ijro holati, bajarish mexanizmlari va qisqa muddatli rejalar batafsil muhokama qilindi.
Asosiy eʼtibor vazir M.Ersoyni qabul qilgan Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatimiz turizm sektorini yanada rivojlantirishda Turkiya ilgʻor tajribasini tatbiq etish borasida qoʻyilgan topshiriq va vazifalarning sifatli va oʻz vaqtidagi bajarish choralarini koʻrishga qaratilgan.
Jumladan, turk ishbilarmonlari va sarmoyadorlarini Oʻzbekistonda turizm infratuzilmasini rivojlantirish va xususiylashtirish loyihalariga faol jalb etish, turk tajribasi asosida turizm sohasi kadrlarini tayyorlash va malakasini oshirish, Kappadokiya universiteti koʻmagida istiqbolli turizm maskanlarining master-rejalarini yaratish boʻyicha hamkorlik qilish, turizm sohasiga aloqador vazirlik va idoralar (transport, investitsiya, marketing, davlat aktivlarini boshqarish va boshqalar) vakillarining Turkiyaga tajriba oʻrganish uchun safarlarini tashkil qilish va boshqa qator masalalar boʻyicha tegishli kelishuvlarga erishilgan. Bundan tashqari, M.Ersoy tashrifi yakunlari boʻyicha ishlab chiqilgan va tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi” bandlari alohida muhokama qilingan.