So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
Yandex Plus Oʻzbekistonda ilk bor sodiqlik dasturini ishga tushirmoqda...
Endi Yandex Plus obunachilari nafaqat musiqa tinglashlari, filmlarni tomosha qilishlari, kitob oʻqish va yoki tinglashlarlari, balki keshbek toʻplash va uni sarflash imkoniyatiga ega boʻladilar.
Endi Yandex Plus obunachilari nafaqat musiqa tinglashlari, filmlarni tomosha qilishlari, kitob oʻqish va yoki tinglashlarlari, balki keshbek toʻplash va uni sarflash imkoniyatiga ega boʻladilar. Yangi sodiqlik dasturi Yandex Uzbekistan xizmatlarida buyurtmalarni amalga oshirishni yanada qulaylashtirishi aytilmoqda.
7-avgustdan boshlab Oʻzbekistondagi Yandex Plus obunachilari ballar yigʻish orqali keshbek olishlari va ularni bir vaqtning oʻzida bir nechta xizmatlarda sarflashlari mumkin. Masalan, ulardan sayohatlarda yoki Yandex Goʻda taom buyurtma qilish uchun foydalanish mumkin. Ballar foydalanuvchi yoki boshqalar - masalan, qarindoshlar yoki doʻstlar tarafidan ham sarflashi mumkin.
Oʻzbekistonda yangi ball toʻplash tizimi obunachilar uchun alohida shartlar bilan boshlanadi. 7-avgustdan boshlab obunani rasmiylashtirgan Yandex Plus foydalanuvchilari Yandex Go saytiga “Komfort” va undan yuqori tariflarda naqd pulsiz toʻlanganda 25% gacha oshirilgan keshbek ballarini olishlari mumkin. Bunda ballar miqdori haftasiga koʻpi bilan 7500 soʻm va butun davr uchun koʻpi bilan 30000 soʻmni tashkil qiladi. Yoz oxirigacha davom etadigan bu taklif internet foydalanuvchilarning sodiqlik dasturining afzalliklarini baholay olishlari uchun ajoyib imkoniyat boʻlib xizmat qiladi.
Yozgi taklif oʻz nihoyasiga yetgach, joriy yilning 6-noyabrigacha, tanlangan toʻlov shaklidan kelib chiqib, barcha tariflar, shu jumladan “Start” tarifiga 5% dan 10% gacha keshbek ballari hisoblab boriladi.
Yandex Plusʼda roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar oʻz obunalarida keshbek faollashgandan soʻng darhol 10 000 soʻmga teng ballarni qoʻlga kiritadilar. Yangi sodiqlik dasturi ishga tushirilishi munosabati bilan ushbu birinchi bonus “depozit”ni Yandex Go orqali yangi sayohat yoki ovqat buyurtma qilish, shuningdek, Yandex Plus obunasini uzaytirish uchun sarflash mumkin.
Obunadagi keshbek “1 ball = 1 soʻm chegirma” tamoyili boʻyicha hisoblanadi. Obunachining barcha ballar balansi Yandex Go mobil ilovasidagi Yandex Plus boʻlimida va Yandex Plus shaxsiy kabinetida https://plus.yandex.uz havolasi orqali koʻrsatiladi
Maʼlumot uchun:
Yandex Plus - bu Kinopoiskda oʻzbek va xorijiy filmlar va seriallar, Yandex Musicʼda mahalliy va xorijiy ijrochilardan yangi va mashhur taronalarini, Bukmeytda kitoblar va audiokitoblarni oʻz ichiga jmlagan obuna servisi. Yandex Goʻda ilovasi orqali restoranlardan buyurtmalarni bepul yetkazib berish xizmatlaridan foydalanish imkoniyati mavjud.