Qidirish

02:49 / 2022-01-16 63 0 Biznes

Oʻlimdan boshqa barcha dardga shifo boʻlgan qora sedananing narxi nega pandemiyada oʻn barobar oshdi?

world-news

Qora sedana yuzlab xastaliklarga daʼvo ekanligi qadimdan maʼlum. Xalq tabobatida uning urugʻidan tayyorlangan damlamani tish, meʼda, yurak ogʻriqlarida, siydik haydaydigan vosita sifatida, shuningdek, bolalarda gijja tushiradigan va uxlatadigan dori oʻrnida foydalanishgan.

Damlamasi tumov va tomoq ogʻrigʻiga qarshi ishlatilib, uni surgi va emizikli ayollar sutini koʻpaytiradigan vosita deya eʼtirof etishgan. Misrliklar esa u bilan firʼavnlar qabrlarini bezatishgan. Qora sedana ayniqsa Osiyo va Yaqin Sharqda yuqori qadrlanadi.

Aynan shu mintaqa odamlari ilk bor uni dori vositasi oʻrnida qoʻllay boshlashgan. Qora sedana kalsiyga boy ekani bilan rekordsmen hisoblanadi.

Uning 100 grammida ushbu mikroelementning deyarli kunlik meʼyori (1000 mg) mujassam boʻladi. Shuningdek, tarkibidagi rux moddasi suyaklar mustahkamlanishiga hissa qoʻshadi. Ibn Sino qora sedananing xususiyatlaridan samarali foydalangan.

U “Sedana vujud energiyasini yaxshilaydi, kasalliklar sababli yoʻq boʻlib ketgan  bakteriyalarni tiklaydi”, - deb aytgan. Sahih hadislariga koʻra, paygʻambarimiz Muhammad (S.A.V) qora sedana haqida koʻp kasalliklarga davo, faqat oʻlim oldida ojiz degan ekanlar. 1959-yilda, xalqaro universitetlarda 200 tadqiqot oʻtkazilib, qora sedana xususiyatlari toʻgʻrisidagi hayratlanarli xulosalardan iborat maqolalar ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan. Shunday qilib, 1400-yil oldin aytilgan paygʻambarimiz (S.A.V) ning soʻzlari yana bir marta oʻz isbotini topgan.

Oʻzbekistonda ham bormi?

Oʻzbekistonda qora sedananing ikki turi oʻsishi aniqlangan boʻlsa-da, ular bir-biridan farqlanishi uchun alohida-alohida nom bilan atalmagan. Biroq, oʻtkazgan surishtiruvlarimizdan maʼlum boʻlishicha, voha tomonlarda ancha serob. Qora sedanani oʻz holicha qabul qilib boʻlmaydi. Bir qancha noqulayliklar kelib chiqishi ham ehtimoldan holi emas. Masalan, koʻngil aynishi, qon bosimining koʻtarilishi, qayt qilish yoki qisqa muddatli ishtahaning yoʻqolishi kuzatilishi mumkin.

Yuqoridagi holatlarni inobatga olgan holda xastaliklarga daʼvo sifatida qoʻllashdan oldin uni isteʼmolga tayyorlash kerak boʻladi. Bu esa sal mushkulroq. Sidney olimlari oʻtkazgan tadqiqotlarga koʻra, COVID–19 boshlangach, ushbu shifobaxsh neʼmatning bahosi oʻn barobarga oshgan.

Sababi, qora sedananing foydali jihatlari juda koʻp ekanligi, tarkibida virus va infeksiyalarni yoʻq qilishga qodir moddalar jamlanganligi ortidan koronavirusga qarshi munosib kurasha olishi isbotlanganligidir. Toshkentning eng katta va aholi gavjum boʻladigan hududi boʻlmish Chorsudagi “ESKI JUVA DEXKON BOZORI”da Oʻzbekistonda oʻstirilgan 1 kg qora sedana narxi 100 ming soʻmni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, Pokiston mamlakatidan keltirilgani ham mavjud boʻlib, 1 kilosi 50 ming soʻmdan sotilmoqda. Biroq, bu qora sedanalar oliy navli emas. Shifobaxshligiga koʻra, hech qaysi biri Misr yoki Saudiya Arabistonida yetishtirilganligiga toʻgʻri kelmaydi. Oʻzbekistonda esa bu tur mavjud emas. Haqiqiy oliy navli hamda yuzlab xastaliklarga qarshi tura oladigan qora sedana faqat yuqorida nomlari zikr etilgan mamlakatlardagina uchraydi. 

Hammasining taʼsiri bir xilmi?

Bu borada juda koʻplab izlanishlar oʻtkazilgan boʻlib, samara berish jihatlari ancha koʻpligi bois oliy navli qora sedana oddiylaridan ancha qimmat turadi. Aniqrogʻi, u dori yoki kapsula shaklida isteʼmolga tayyor holda qayta ishlanib sotilganligi uchun narxi ham birmuncha oshadi.

Agar uni shu holga keltirilmasa, isteʼmol qilish mushkul boʻlib qoladi. Bundan tashqari, kapsula shakliga keltirilish jarayonida oʻnlab kilogramm qora sedanadan sovuq siquv yoʻli bilan (bu usul orqali foydali xususiyatlar yuz foiz saqlab qolinadi) ancha kam yogʻ ajraladi. Bundan kelib chiqadiki, maxsus texnologik jarayonlar mavjud boʻlmasa, uy sharoitida qora sedanani isteʼmol uchun moslashtirish qiyin. Qayta ishlash jarayonida qora sedana tarkibidagi foydali timoxinon va timol moddalari oliy navda yuqori darajada saqlanib qoladi.

Oliy navli qora sedanadan tayyorlangan va  50 mingdan ziyod insonlar oʻz sogʻligini tiklashda  ishonch bildirgan mahsulot Oʻzbekistonda ALHADAYA nomi ostida qulay narxlarda mijozlarga yetkazib berilmoqda. Ona tabiat inʼom etgan neʼmatlarning har–biri shifo ekanligini unutmaylik. Sogʻliqni asrash oʻz qoʻlimizda!

Izohlar 0

Fikr bildirish