So`ngi yangiliklar
“Afsuski, ayrim “Ishonch telefonlari” nomiga tashkil qilingan yoki umuman ishlamaydi” – Akmal Burxonov
“Bosim oʻtkazilayotgani toʻgʻrisidagi xabarlar asossiz” – “Oʻzbektelekom” HUMANS ishi boʻyicha munosabat bildirdi
Oʻzbekistonning veterinariya sohasidagi tajribasi xalqaro miqyosda eʼtirof etildi
Turkiyada “Tungi muzeylar” loyihasi iyun oyida yangi mavsumini boshlaydi
Oʻzbekistonga C gepatitiga qarshi dorining joriy yildagi ilk partiyasi olib kelindi
Qibrayliklar oyoqqa turdi. Sababi nima?
5 ming yillik tarixga ega Birgi qishlogʻi haqida nimalar maʼlum?
Iznik: nasroniylikning tirik muzeyi
Fargʻonada “uchastkavoy” oʻz quroli bilan oʻzini otdi

Fargʻona viloyati Toshloq tumanida profilaktika inspektori tabel quroli bilan oʻzini bosh qismidan jarohatlagan. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, Toshloq tumani IIB profilaktika inspektori katta leytenant A.U. joriy yilning 5-dekabrda tungi xizmatdan chiqib, tuman IIBda oʻtkazilgan ertalabki yoʻriqnomaga kelmagan hamda u bilan bogʻlanishning imkoni boʻlmagan.
Oʻtkazilgan surishtiruv ishlari davomida katta leytenant A.U. yashash xonadonidan taxminan 3 km uzoqlikdagi Besarang qishlogʻi hududidan oqib oʻtuvchi “Katta Fargʻona” kanali yoqasidagi yoʻlining chetida, oʻziga tegishli boʻlgan Spark rusumli avtomobilida oʻziga biriktirilgan PM tabel quroli bilan bosh qismidan jarohatlangan, koma holatda topilgan va zudlik bilan tibbiy muassasaga joylashtirilgan.
Aniqlanishicha, xodim, ijtimoiy tarmoqlarning “1xbet” ilovasidan foydalanib, joriy yilning avgust oyida 45 mln. soʻm yutqazganligi uchun, qarzdorlik muammosi hal etilib, intizomiy tartibda jazolangan hamda viloyat IIB qoshidagi Intizomiy kengashning nazoratida boʻlgan. Hozirda holat viloyat prokuratura organlari tomonidan oʻrganilmoqda.
Maʼlumot uchun: Respublika kesimida qimor oʻyinlari boʻyicha maʼmuriy huquqbuzarliklar soni 2019-yilda 1 ming 454 ta tashkil etgan boʻlsa, 2022-yilning 6 oyida 2 ming 325 taga yetgan. Ushbu oʻyinlarni tashkil etish bilan bogʻliq jinoyatlar 2019-yilda 55 ta boʻlsa, 2022-yilning 6 oyida 90 tadan oshgan.



