So`ngi yangiliklar
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Qargʻa qargʻaning koʻzini choʻqimaydi: Namanganda IIB xodimlari sportchini qiynagani inkor etildi
Qargʻa qargʻani koʻzini choʻqimaydi deganlaridek murojaatchi tomonidan keltirilgan birorta maʼlumot oʻz tasdigʻini topmadi.
Namangan viloyati IIB Effect.uzʻda “Namanganda IIB xodimi sportchini oʻgʻirlikda gumonlab, kaltaklagan” sarlavhasi ostida eʼlon qilingan videomaterialga rasmiy munosabat bildirdi.
Yoritilgan holat yuzasidan jinoyat ishi hujjatlari oʻrganilganda, Sh.Odiljonov, fuqaro I.Yu., voyaga yetmagan S.Q.ni jinoiy xatti-harakatlar qilishga jalb qilib, 2022-yil 2-may kuni soat 01:30 larda Namangan shahar, Xalqlar doʻstligi MFYda yashovchi fuqaro M.S.ning ishonchiga kirib, unga tegishli boʻlgan, “Samsung A20" rusumli telefon apparatini aldab olishga erishib, fuqaro ularga telefonni qaytarishlarini bir necha marotaba aytganligiga qaramasdan, telefonni qaytarib bermasdan, uni boshqa bir fuqaro A.I.ga 800.000 soʻm evaziga sotib, pullarni shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Sh.Odiljonovning harakatlari voyaga yetmagan S.Q.ni jinoiy xatti-harakatlar qilishga jalb etish, bir guruh boʻlib, oʻzganing mol-mulkini aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan qoʻlga kiritish, yaʼni Oʻzbekiston Respublikasi JKning 127-moddasi 3-qismi hamda 168-moddasini 2-qismi “b” bandi bilan malakalangan.
Mazkur jinoyat ish 26-sentyabr kuni JIB Chortoq tuman sudi tomonidan koʻrib chiqilib, Sh.Odiljonov Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasini 2-qismi “b” bandi bilan aybli deb topilib, 2 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.
Prokuratura organlari tomonidan oʻtkazilgan tekshiruv hamda tibbiy koʻriklar Sh.Odiljonovning “IIB xodimlari qiynoqqa solganligi” haqidagi vajlari haqiqatga toʻgʻri kelmasligini koʻrsatgan.