So`ngi yangiliklar
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida Hukumat ishchi guruhi tuzildi
Prezident topshirigʻiga asosan, Bosh vazir boshchiligida Oʻzbekiston Respublikasi hududida energiya muammolarini tezkor oʻrganish va hal qilib borish boʻyicha Hukumat ishchi guruhi tuziladi.
Ishchi guruh:
➖ respublika hududida energiya taqchilligi munosabati bilan yuzaga kelgan vaziyatni qisqa muddatlarda chuqur tahlil qilish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish boʻyicha tezkor choralar koʻrib borish;
➖ elektr energiyasi va gazni birinchi navbatda aholiga yetkazib berish zaruriyatini eʼtiborga olgan holda, mavjud energiya resurslarini muvozanatli taqsimlab borish va ushbu jarayonni qatʼiy nazorat qilish;
➖ elektr energiyasi va gaz taqchilligi sharoitida muqobil energiya mahsulotlari bilan aholini va ijtimoiy soha obyektlarini uzluksiz taʼminlash ishlarini jadallashtirish;
➖ ijtimoiy obyektlar, jumladan taʼlim va sogʻliqni saqlash muassasalarining barqaror faoliyat yuritishini taʼminlash yuzasidan zarur mablagʻlar ajratib borish va ularning maqsadli ishlatilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish;
➖ energiya taqchilligi va uning oqibatida yuzaga keladigan salbiy oqibatlar, ayniqsa iqtisodiyotga taʼsirini kamaytirish maqsadida, kompleks chora-tadbirlar koʻrish yuzasidan asoslangan takliflar ishlab chiqish va koʻrib chiqish uchun kiritish vazifasi yuklatiladi.