So`ngi yangiliklar
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Davlat xizmatini boshqarishda yangi tizim: 33 ta hududda natijaga asoslangan model joriy etiladi
"Siz odil hakamsiz! Bizga yordam bering" — Tadbirkor ayol nolasi...
Tahriryatimizga Surxondaryo viloyatida tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanib kelayotgan ayol farzandlari nomidan murojaat kelib tushdi.
Biz ular taqdim qilgan video, audio, foto va dalil sifatida xujjatlardan foydalanamiz. Dastlab tadbirkor ayol faoliyati haqida biroz maʼlumot berib oʻtsak. Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston xotin-qizlarining tadbirkorlikdagi faolligi ortib bormoqda. Ular oʻz tadbirkorlik faoliyati orqali nafaqat oilalariga, balki jamiyatga ham salmoqli hissa qoʻshib kelmoqda.
Azimova Soxibaxon Akyunovna 1972-yil 14-aprelda Andijon viloyati Izboskan tumanida tavallud topgan. Samarqand Iqtisodiyot va servis institutini tamomlagan, maʼlumoti oliy. 1997-yil Qodirov Ahtam Fayzullayevich bilan turmush qurgan. Qodirov Ahtam Fayzullayevich Surxondaryo viloyati Denov tumanidan Oʻzbekiston Qahramoni Ibroxim Fayzullayevichning ukasi boʻladi.
Surxondaryo viloyati Denov tumanida tadbirkor ayol turmush oʻrtogʻi nafaqadagi II podpolkovnigi Ahtam Qodirov hamda farzandlari bogʻ yaratadi, dehqonchilik bilan shugʻullanib piyoz, yeryongʻoq, kartoshka, karam, olma kabi meva va poliz ekinlari yetishtirib, mahalla ishsiz fuqarolarini mavsumiy bandligini taʼminlab, dehqonchilikdan kelgan daromad hisobidan — boquvchisini yoʻqotgan yordamga muhtoj kam taʼminlangan, nogironligi bor oilalarga beminnat yordam koʻrsatib kelgan...