So`ngi yangiliklar
Samarqandda harakatlanayotgan Tracker-2 yonib ketdi
Ertaga qanday ob-havo boʻladi?
“Toshshahartransxizmat”ning sobiq rahbari qamoqdan ozod etildi
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik maosh 6 mln soʻmga yaqinlashdi
Ikki viloyatda oʻqishga kiritib qoʻyish uchun pora olganlar ushlandi
Avtosugʻurta narxi kamida 4 barobar oshiriladi
Toshkentdagi avariyada 20 yoshli haydovchi halok boʻldi
“Hududgaztaʼminot” aksiyadorlik jamiyati rahbari diqqatiga!
Samarqand viloyatining Qoʻshrabot tumani aholisi asosan qir va adir boʻylarida tuman hamda viloyat markazidan oʻnlab hatto yuzlab kilometr uzoqliqda istiqomat qilishadi.

“Uch oyda bir kelib ketsin bizlar tomonga” – oylab suyultirilgan gazni kutayotgan qoʻshrabotliklarning dardini kim eshitadi?!
Samarqand viloyatining Qoʻshrabot tumani aholisi asosan qir va adir boʻylarida tuman hamda viloyat markazidan oʻnlab hatto yuzlab kilometr uzoqliqda istiqomat qilishadi.
Qoʻshrabotni mashhur qilgan nafaqat hududdagi Zarmitan oltin koni balki oddiy va jaydari odamlari, oʻqimishli, tirishqoq kadrlaridir. Bu tumanning olis qishloqlaridan dunyoga mashhur olimlar, oqinlar va koʻplab viloyat hokimlari yetishib chiqqan.
Qoʻshrabotning qoʻsha qoʻsha katta- katta kadrlari boʻlishiga qaramasdan ularni uchirma qilgan qondoshlarning baʼzilari hozir ham tappi yoqib osh ovqat qilayotgani ayni haqiqat.
Tuman markazi va unga tutash hudlardagina tabiiy gaz bor, qolgan aksar huddudlar suyultirilgan gaz ballonlardan foydalanishadi. Tuman markazida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga kunduz kuni tabiiy gaz berilmaganidan kechasi ishlayotganini aytishmoqda.
Tuman markazidan uncha uzoq boʻlmagan “Navkat” mahallasida aholi vakillari bilan suxbatlashganimizda suyultirilgan gaz juda kechikib kelishi va bu holat ikki- uch oygacha choʻzilib ketishini maʼlum qildi.
“Hududgaztaʼminot”ning Samarqanddagi rahbari Ansor Muhammadiyevdan viloyatda gaz narxi oshirilishi taʼriflari, viloyatdagi gazdan qarzdorlik hajmi va gaz hisoblagichlarning taʼminoti oʻrnatilishi tartibi bilan birga viloyatda suyultirilgan gaz narxi, ularning ham tarqatilishi tartibiga oydinlik kiritib intervyu berishini soʻrab qolardik...
Aʼzam Xoʻjaqulov



