So`ngi yangiliklar
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Davlat xizmatini boshqarishda yangi tizim: 33 ta hududda natijaga asoslangan model joriy etiladi
Turkiyada yongʻin oqibatida 19 yoshli oʻzbekistonlik halok boʻldi
Joriy yilning 21-aprel kuni Istanbul shahri Kadikoy tumanining Fikirtepa mavzesida sodir boʻlgan yongʻin oqibatida 19 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi halok boʻldi.
Mahalliy manbalarga koʻra, yongʻin uch nafar chet ellik fuqaro yashagan uyning birida, tungi soat 02:30 lar atrofida yuz bergan.
Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berishicha, 24-aprel kuni mazkur yongʻin oqibatida vafot etgan Oʻzbekiston fuqarosining jasadini Vatanga qaytarilgan. Jarayon Bosh konsulxona va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi hamkorligida amalga oshirilgan.
Qayd etilishicha, marhumning jasadini Oʻzbekistonga yuborish bilan bogʻliq barcha xarajatlar Migratsiya agentligi tomonidan toʻliq qoplab berilgan.
Bosh konsulxona, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda ayrim shaxslar tomonidan marhumni Oʻzbekistonga yuborish uchun yordam puli yigʻilayotgani haqida yolgʻon va asossiz maʼlumotlar tarqatilayotganini aytib, fuqarolarni ogohlikka chaqirgan.
“Konsulxona fuqarolarimizni bu kabi notoʻgʻri xabarlarga ishonmaslikka va rasmiy manbalarga tayanishga chaqiradi”, deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 14-aprel kuni Rossiya Federatsiyasining Astraxan viloyatida ikki yengil avtomobil toʻqnashuvi oqibatida bir otlaning ikki aʼzosi (ota-ona) halok boʻlgani, ularning 12 yoshli oʻgʻli hodisa oqibatida jarohatlangani haqida xabar berilgan edi.
Bolalar ombudsmaniga koʻra, hozirda bola Oʻzbekistonga olib kelinib, qarindoshlari (onasining singlisi) qaramogʻiga topshirilgan.