So`ngi yangiliklar
Samarqandda harakatlanayotgan Tracker-2 yonib ketdi
Ertaga qanday ob-havo boʻladi?
“Toshshahartransxizmat”ning sobiq rahbari qamoqdan ozod etildi
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik maosh 6 mln soʻmga yaqinlashdi
Ikki viloyatda oʻqishga kiritib qoʻyish uchun pora olganlar ushlandi
Avtosugʻurta narxi kamida 4 barobar oshiriladi
Toshkentdagi avariyada 20 yoshli haydovchi halok boʻldi
Istanbuldagi zilzila sabab Oʻzbekiston fuqarosi vafot etgani maʼlum boʻldi
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, ushbu fojiaviy holat Istanbulda sodir boʻlgan zilzila vaqtida yuqori qavatda turgan fuqaroning kuchli qoʻrquv holatiga tushishi natijasida yuz bergani aytilmoqda.

Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi rasmiy maʼlumotlarga tayanib xabar berishicha, 2025-yil 23-aprel kuni Istanbul shahrida yashagan yurtdoshimiz yurak yetishmovchiligi oqibatida vafot etgan.
“Oʻzbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi marhumning jasadini Vatanimizga yuborish boʻyicha zarur konsullik-huquqiy va tashkiliy choralarni koʻrmoqda”, — deyiladi konsullik xabarida.
Avvalroq Turkiyaning Istanbul viloyati Silivri tumanida 6,2 balli yer qimirlashi qayd etilgani haqida xabar berilgan edi. Mamlakat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) maʼlumotlariga koʻra, bugun, 23-aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:49 da sodir boʻlgan silkinishning epitsentr Marmara dengizi hududida, shahar markazidan taxminan 40 km janubi-gʻarbda joylashgan.
Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi rasmiy maʼlumotlarga tayanib xabar berishicha, hodisa oqibatida jiddiy vayronagarchilik yoki halok boʻlganlar qayd etilmagan. Faqat bir fuqaro binodan chiqib ketish paytida jarohat olgan.
Qayd etilishicha, asosiy silkinishdan soʻng bir necha aftershoklar kuzatilgan, ulardan eng kuchlisi 5,3 magnitudada boʻlgan. Hokimiyatlar aholini zarar koʻrgan binolarga kirmaslikka va xavfsizlik choralariga amal qilishga chaqirmoqda.
Istanbul gubernatorligi maʼlumotiga koʻra, zilzila tufayli hech kim halok boʻlmagan. Ammo 151 nafar fuqaro qoʻrquv sabab balandlikdan sakragan holda tan jarohati olib, kasalxonaga yotqizilgan
“Ularda hech qanday hayotiy xavf yoʻq”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, Fatih tumanida tashlandiq bino qulab tushgani xabar qilinmoqda. Taʼkidlanishicha, mazkur hodisa oqibatida hech kim jabr koʻrmagan.
Xabarda qoʻshimcha qilinishicha, Bosh konsulxona Turkiya favqulodda xizmatlari bilan doimiy aloqada boʻlib, vaziyatni kuzatishda davom etmoqda. Hozirgi vaqtgacha Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari orasida jabrlanganlar haqida maʼlumot kelib tushmagan.
“Qoʻshimcha maʼlumot kelib tushgan taqdirda, Bosh konsulxona belgilangan tartibda darhol maʼlum qiladi”, deb yozadi konsullik matbuot xizmati.



