So`ngi yangiliklar
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
Gurbanguli Berdimuhamedov “Oliy Darajali Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlandi
Gurbanguli Berdimuhamedovga Oʻzbekiston Respublikasining oliy mukofoti topshirilishi koʻp millatli xalqimizning atoqli davlat arbobi, bugungi Turkmanistonning milliy yetakchisi va meʼmori sifatida unga nisbatan samimiy hurmat-ehtiromi ifodasi boʻlgani taʼkidlandi.

Ikki tomonlama muzokaralar yakunida Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovga Oʻzbekiston Respublikasining yuksak davlat mukofoti — «Oliy Darajali Doʻstlik« ordenini tantanali topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.
Davlat rahbari mukofotni topshirar ekan, Gurbanguli Berdimuhamedovning qardosh mamlakatlarimiz oʻrtasidagi anʼanaviy doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashdagi ulkan xizmatlarini alohida qayd etdi.
- Qardosh Turkmanistonning barcha ulkan yutuqlari, keng koʻlamli yangilanishlari va xalqaro maydondagi nufuzi yuksalishi sizning nomingiz bilan chambarchas bogʻliq, — dedi Oʻzbekiston Prezidenti.
Turkmanistonda iqtisodiyotning barqaror oʻsishi taʼminlanmoqda, aholi farovonligi izchil yuksalmoqda. Prezidentimiz Turkman xalqining milliy yetakchisi tomonidan ilgari surilayotgan global xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni taʼminlash yoʻlidagi xalqaro tashabbuslarni alohida qayd etdi.
Shu munosabat bilan Gurbanguli Berdimuhamedovning 2025-yilni «Tinchlik va ishonch yili« deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi taklifi xalqaro miqyosda keng qoʻllab-quvvatlangani taʼkidlandi.
Turkmaniston yetakchisining shaxsiy saʼy-harakatlari tufayli Oʻzbekiston-Turkmaniston munosabatlari bugungi kunda yuksak darajaga chiqqani, haqiqatdan namunaviy tus olgani taʼkidlandi.
- Shaxsan sizning koʻmagingiz bilan 2017-yilda davlatlarimiz strategik sherikligining mustahkam asosi yaratildi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mamlakatlarimiz parlamentlari, hukumatlari, hududlari, ishbilarmonlari, jamoatchiligi, ziyolilari va yoshlari oʻrtasida faol muloqotlar, savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha dastur va loyihalar amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Masalan, keyingi yillarda tovar ayirboshlash bir necha barobar koʻpayib, 1 milliard dollardan oshdi.
Madaniy-gumanitar hamkorlik yuksak eʼtirofga loyiq. Masalan, oʻtgan yili Ashxobod va Toshkentda Maxtumquli asarlarining oʻzbek tilidagi toʻplami taqdimot qilindi, shuningdek, Ashxobod xalqaro kinofestivalida oʻzbek-turkman badiiy filmining premyerasi boʻlib oʻtdi.



