So`ngi yangiliklar
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
Qonun kuchi yetmayotgan — “Qonunsizlar”!
Xabaringiz bor, EFFECT.UZ rasmiy YouTube sahifasi orqali Piskent tumanida amalga oshirilgan ijro harakatlari yuzasidan surishtiruv eʼlon qilgan edik. 2 kun davomida videoning koʻrishlar soni 100 mingdan ortdi.
Bu safar ushbu surishtiruvning keyingi tafsilotlatlarini baham koʻrmoqchimiz. Oʻrta Chirchiq MIBning talabnomaasi asosida “REAL AGRO COTTON”ga 12 000 tonna texnik chigit va 1200 tonna tola saqlash majburiyati yuklatingandi hamda ijro harakati 10 kun muddatga qoldirilgandi. Ammo ushbu majburiyat bilan tanishgan “REAL AGRO COTTON” xodimlari majburiyatdan boʻyin tovlab, mahsulotni sotib yubormoqda. MIBning qonuniy talabiga boʻysunmasdan, qonunda belgilangan jazodan ham qoʻrqayotgani yoʻq.

Tonnalab mahsulotlar Respublikaning turli viloyatlariga chiqib ketmoqda. Sud qarorinini esa jamiyat mensimayotgandek. Koʻrib turganizdek, MIBning talabi ham, rasmiy ogohlantirishini ham chetlab oʻtmoqda. Xuddiki, ijro harakatlari keyinga qoldirilgan-u, 10 kun ichida mahsulotni sotib yuborish uchun zamindek.
Oʻrta Chirchiq MIB boʻlimiga “PAXTAKOR SIFAT YOGʻ” ishchilari boʻlayotgan jarayonlardan adolat izlab borganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar kelib tushdi. Holatda aytilishicha, zavod faoliyati mahsulot yoʻqligi sababli toʻliq holatda ishlamayotganligi, ishchilar zavod bankrot holatiga kelib qolishidan xavotirda ekanligi va MIBning xarakatlariga guyoki “REAL AGRO COTTON” ga zamin berayotgani haqida vajlar keltirgan.
Yaqin kunlarda EFFECT.UZ jamoasi eksklyuziv surishtiruv ustida ishlamoqda. Aslida qanday boʻlgan? Agrobankning roli bu yerda nimadan iborat? Milliy Gvardiya nima uchun sudning qaroriga ham toʻsqinlik qilib, kimning buyrugʻini bajarmoqda? “Kattalar”ning aralashuvi ortida kimlar turibdi? Hammasi haqida batafsil suhbatlashamiz, bizni kuzatishda davom eting.



