So`ngi yangiliklar
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Davlat xizmatini boshqarishda yangi tizim: 33 ta hududda natijaga asoslangan model joriy etiladi
Lavrov Samarqanddagi “Motamsaro ona” haykalida rus tilidagi yozuv yo‘qligiga e’tibor qaratdi
O‘zbekistonga tashrif buyurgan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqanddagi “Motamsaro ona” yodgorligida rus tilidagi yozuv yo‘qligiga e’tibor qaratdi.
Bu haqda “RBK” sayti ma’lumot berdi. Yodgorlikdagi halok bo‘lgan askarlarga bag‘ishlangan so‘zlar o‘zbek va ingliz tillarida yozilgan.
“Bu yerda ingliz tilida yozuv bor, lekin ruschasini ko‘rmadim. Ona — bu eng muqaddas zot”, degan Lavrov ekskursovodga (TASS bergan iqtibos). Ushbu suhbat chog‘ida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ham ishtirok etgan.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati gullar qo‘yish marosimidan bir nechta suratlarni e’lon qildi. Suratlarda Lavrovga faxriy qorovul askarlari hamrohlik qilayotganini ko‘rish mumkin.
Ma’lumot uchun, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Samarqandda ikki kunlik rasmiy tashrif bilan bo‘lib turibdi. Bugun, 23-aprel kuni u O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi. Prezident matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, uchrashuv avvalida Lavrov davlat rahbariga Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Suhbatda O‘zbekiston—Rossiya do‘stlik, keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtai nazaridan yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Bundan tashqari, Lavrov hamkasbi Saidov bilan muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan.