So`ngi yangiliklar
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Davlat xizmatini boshqarishda yangi tizim: 33 ta hududda natijaga asoslangan model joriy etiladi
UzAuto Motors sotiladi
UzAuto Motors, Oʻzmetkombinat va yana 29 ta korxonaning davlat aksiyalari xalqaro maslahatchilar ishtirokidagi auksionga qoʻyiladi.
Bu haqda joriy yilning 21-aprel kuni qabul qilingan “Davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni xalqaro bozorlarda xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Prezident qarorida soʻz boradi.
Qarorga koʻra, davlat ishtirokidagi 29 ta yirik korxona ustav kapitalidagi aksiyalar paketini (ulushlarni) nufuzli xalqaro professional konsultantlarni jalb qilgan holda ommaviy savdolarga chiqariladi. Shuningdek, davlat ishtirokidagi 12 ta yirik korxona ustav kapitalidagi aksiyalar paketining xalqaro va mahalliy fond bozorlarida birlamchi (IPO) va (yoki) ikkilamchi (SPO) ommaviy taklifi oʻtkaziladi.
Ushbu qaror davlat ishtirokidagi yirik korxonalar va tijorat banklari faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek, ularni xususiylashtirish orqali xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish maqsadida qabul qilingan.
Quyida savdoga chiqariladigan korxonalarning sotiladigan ulushi bilan keltirilgan:

Bundan tashqari, Davlat aktivlari agentligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2025-yil 1-dekabrga qadar professional konsultantlar, xalqaro moliya tashkilotlarining ekspertlarini jalb etgan holda 2030-yilgacha davlat korxonalarini isloh qilish va xususiylashtirish strategiyasi ishlab chiqiladi.