So`ngi yangiliklar
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Davlat xizmatini boshqarishda yangi tizim: 33 ta hududda natijaga asoslangan model joriy etiladi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
Namangan shahar hokimi hududlarda fuqarolar noroziligiga sabab boʻlayotgan, belgilangan tartiblarga zid tarzda oʻrnatilgan fotoradarlarni olib tashlashni soʻrab, viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi (YHXB) boshligʻiga rasmiy xat yoʻlladi.
Xatda taʼkidlanishicha, aholi, ayniqsa yoshlar ishtirokida oʻtkazilgan uchrashuv va muhokama yigʻilishlarida avtomobil yoʻllariga oʻrnatilgan avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish qurilmalari orqali qoʻllanilayotgan jarimalar jamoatchilik noroziligini keltirib chiqarmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda bu holat mamlakat boshqaruv tizimiga nisbatan salbiy fikrlar paydo boʻlishiga ham sabab boʻlayotgani qayd etilgan.
Shuningdek, shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalarining yoritish tayanchlariga, bino va inshootlar tom qismiga belgilangan meʼyorlarga zid ravishda oʻrnatilgan radarlar orqali qoʻllanilayotgan jarimalar fuqarolarga moddiy va maʼnaviy zarar yetkazayotgani aytilgan.
Xususan, Namangan shahri, Davlatobod va Yangi Namangan tumanlarida Vazirlar Mahkamasining qaroriga zid ravishda oʻrnatilgan kameralarni KAAT (kompleks axborot analitik tizimi)dan oʻchirish hamda ular asosida qoʻllanilgan jarimalarni toʻxtatish soʻralgan.
Eslatib oʻtamiz, yaqinda hukumat belgilangan tezlikdan oshib ketgan holatlarda qoʻllaniladigan chegirmalarni oshirishga oid qonun loyihasini parlamentga taqdim etgani haqida xabar berilgan edi.