So`ngi yangiliklar
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Oʻrta Chirchiq tumani Majburiy ijro byurosi Piskent tumanida joylashgan Piskent “Paxta Tozalash” AJga tashrif buyurildi...

Sud qaroriga asosan “Real Agro Cotton”dan “Paxtakor Sifat Yogʻ” MJCH foydasiga 12 000 tonna texnik chigit va 1200 paxta majburiy tartibda undirish choralari koʻrildi ammo vaziyat MIB xodimlari kirishiga qarshilik bilan boshlandi.
Qorovul MIBning kirishiga qarshilik qilgan boʻlsa, mahsulot olib chiqishga Milliy Gvardiya xodimi aralashdi. “Real Agro Cotton”ning Agrobankdan karzi borligi sababli, mahsulotni qoʻriqlash Milliy Gvardiyaga shartnoma asosida topshirilganini iddao qilishdi. Bundan tashqari, MIB xodimlarining qonuniy harakatlariga faol qarshilik koʻrsatishdi.
Advokat tomonidan jamoat tartibini saqlash uchun 102 qisqa raqami orqali IIB xodimi soʻraldi lekin vaziyat yaxshilanmadi. Bankni “davlat tashkiloti” deb ataydigan IIB xodimidan nimani kutish mumkin axir. Mayli fuksional vazifasiga bu kirmaydi. Biroq jamoat tartibini saqlab beradi deb oʻylasak, jamoat tartibini saqlash uchun emas Milliy Gvardiyaga advokatlikka kelgandek tuyuldi.
Oʻzbekiston Respublikasi nomidan chiqarilgan sud qarori barcha tashkilotlar va fuqarolar uchun barobarligi fuqarolik kodeksida ham koʻrsatib qoʻyilgan. Shartnoma asosida obektnii qoʻriqlayotgan Milliy Gvardiya xodimlari sudning qarorini ham tan olishmadi. Oʻzlari ham shartnoma asosida obektni qoʻriqlayotganini isbotlovchi biron hujjatni taqdim etolmadi. Yetmaniga xodimi unga jarayon haqida xabar bergan boʻlsa-da, asoslovchi hujjatlarni olib kelmagani jarayonni jigallashtirdi. Nahotki rahbar sifatida bunchalik loqaydlikka yoʻl qoʻyish mumkin.
Jamoat tartibi saqlash uchun chaqirilgan IIB xodimi esa oʻzi jamoat tartibini buzib tamaki chekib yurgani, jarayonning eng dahshatli joyi boʻldi. Kimsan IIB xodimi kamiga “PAXTA TOZALASH” punkitida shu ishni qilmoqda. Holatni koʻrib “Yangi vazir kelib shunday siyosat olib bormoqdami yoki vazirni siyosatini oyoq osti qilmoqdami?” degan oʻyga tolasan kishi.
Ijro harakatlari davomida sud qarorlari ijrosiga qarshilik koʻrsatgan Milliy Gvardiya xodimlariga nisbatan qonunda belgilangan tartibda dalolatnoma rasmiylashtirildi. “Real Agro Cotton” rahbariga “PAXTA TOZALASH” AJ hududidan mahsulotlarini saqlash va chiqarmaslik toʻgʻrisida talabnoma tuzildi. Biroq saqlash hamda chiqarmaslik toʻgʻrisida ogohlantirilgan va tanishtirilgan boʻlsa-da, hududdan mahsulotlar olib chiqib ketilmoqda. Qonunlarni chetlab oʻtayotgan kuch nima ekanligini esa hech kim tushunmayapti. Tasdiqlanmagan maʼlumotlarga qaraganda, “Bu masalaga hokimlikdan aralashuv” deb tahmin qilinmoqda. Tadbirkor Milliy Gvardiya va IIBning hatti-xarakatlariga nisbatan yuqori maʼsullar tomonidan chora koʻrilishini iltimos qilishmoqda.



