So`ngi yangiliklar
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Rus tili imtihonlari Rossiya byudjetiga 30 million dollar daromad keltirdi
Laziz Kudratov Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy missiyasi direktori Kanokpan Lao-Araya bilan uchrashdi
AQSH va Ukraina yer osti boyliklari boʻyicha kelishuvga erishdi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Quvasoy shaxar namuna MFY fuqarolari tomonidan kelib tushgan murojaatlarni oʻrganish uchun Fargʻona viloyati Sirdaryo-Soʻx Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga fuqarolar bilan borib koʻrildi.

Surishtiruv jarayonida bugungi kunda mavjud dolzarb muammolar oʻrtaga tashlandi. Biroq holat yuzasidan savollarimizga yuzlangan boshqarma boshligʻi oʻrinbosari fuqarolarning keskin eʼtirozlariga sababchi boʻldi. Aytilayotgan muammoga emas, xodimning hatti haratiga eʼtibor bermaganligi sababli, fuqarolar maʼsul xodimni murojaatlarini oʻrganishini rad etishdi.
Boshqarma boshligʻi shaxsan oʻzi qabul qilishini vaʼda bergan boʻlsada, deyarli 60 yaqin fuqarolar boshqarma oldida sarson boʻlishdi. Holat yuzasidan muammoni Fargʻona viloyati hokimi Hayrullo Hayitboyevich koʻrib chiqishi uchun viloyat hokimiyatiga yoʻl olindi. U yerda bizni viloyat matbuoti xizmati rahbari Maqsud aka kutib oldi. Fuqarolarni viloyat maʼsullari bilan yuzlashtirdi. Masala joyida tinglanib, ertasi kuni muammoga aloqador rahbar va xodimlar koʻrib chiqilishi belgilandi.
Viloyat hokimligi bergan vaʼdalarini bajardi, maʼsullar Quvasoyda muammoni hal qilish uchun yigʻildi. Shaxsan Fargʻona viloyati Sirdaryo-Soʻx Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshligʻi Faxriddin Sultonovich fuqarolar eʼtirozlarini ommaviy qabul qildi. Murojaatlar tinglanish davrida dalillar asosida koʻrib chiqildi. Quvasoy shaxar irrigatsiya tizimlari havza boʻlimi rahbariga nisbatan fermer va aholining eʼtirozi koʻplab muhokamaga sabab boʻldi. Boshqarma boshligʻiga tuman rahbariga nisbatan chora koʻrilishini iltimos qilishdi. Faxriddin Sultonovich tomonidan barcha keltirilgan vajlar qonuniy tartibda koʻrib chiqilishini vaʼda berdi. Buning uchun Suv xoʻjaligi inspeksiyaning qatʼiy tekshiruvi ikki kunda tayinlashini belgilandi.
Ammo oradan ikki oy vaqt oʻtgan boʻlsada, inspeksiya tomonidan tekshiruv xulosalari fuqarolar va jamoatchilikka ham berilmadi. Vaholanki, Faxriddin Sultonovich tekshiruv jarayonlariga holis sifatida Ommaviy axborot vositalarini jalb etilishini takidlagandi. Biroq tekshiruv jarayonlariga na biz jalb etildik va na holislar. Fuqarolar aytayotgan vajlar balki toʻgʻridur “Qargʻa qargʻaning koʻzini choʻqimaydi”. Bugungi kunda fermerlar va aholi Fargʻona viloyati Sirdaryo-Soʻx Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga ishonchsizlik bildirishmoqda. Bu masalar yuqori doirada Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan koʻrib chiqilib, ijobiy yechim topishidan umidvor.



